“Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2023-yil 13-noyabrda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan «Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Hilton Tаshkent City mehmonxonasida o’tkazildi.
Konferensiyaning maqsadi Respublikamiz va xorijda “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi” g‘oyasini hayotga joriy etish, xususan, ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi, inklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda uni rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Xalqaro konferensiyani Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori B.S.Abdullayeva, O‘zPFITI direktori X.Ibraimov, Science and innovation xalqaro jurnali bosh muharriri B.N.Rustamov, O.Yu. Latishev Мariya Аkademiyasi Prezidenti, filologiya fanlari nomzodi, Aleksandriya universiteti professori (Rossiya Federatsiyasi) kirish so‘zi bilan ochib beradilar.
Konferensiyada Yaponiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlardan xorijiy ekspertlar, respublikamizning taniqli olimlari, professor-o‘qituvchilari, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mutaxassislari, magistrantlar va tadqiqotchilar qatnashadilar.
Xalqaro konferensiyada ma‘ruzalari to‘plam sifatida nashr etildi.

 475 total views,  5 views today