Medetova Raushan Mamadiyarovna
pedagogika fanlari doktori (DSc),katta ilmiy hodim
“XALQARO PEDAGOGIK TAJRIBALAR ILMIY-TADQIQOT” BO‘LIMI
Bo‘limning asosiy maqsadi – “Xalqaro pedagogik tajribalar” ilmiy tadqiqot bo‘limi. Bo‘lim dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amalga oshirilgan nazariy va metodik tadqiqotlarning samaralari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni tarbiyalash sohasida amalga oshirgan islohotlari va ularning natijalarini qiyosiy o‘rganadi. Jahon tajribasining eng samarali metodika va texnologiyalaridan O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik majmualar, ishlanmalar, kitob, qo‘llanma va raqamli kontentlar ishlab chiqadi.
Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:
Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ilg‘or xorijiy tajriba va tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, yo‘nalishlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ta’lim-tarbiya muassasalari bitiruvchilarini xalqaro xorijiy tajriba va tadqiqotlar bilan tanishtirish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni, o‘qituvchilarni va o‘quvchilarni, ota-onalarni xalqaro xorijiy pedagogik tajribalar bilan tanishtirish va ta’lim-tarbiya muassasalarida, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish.
Umuminsoniy va milliy-ma’naviy qadriyatlarni, xalqaro xorijiy tajribalarni tahlil qilish asosida ta’lim-tarbiya jarayonida va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
Xalqaro tajribalar va ilmiy izlanishlarga muvofiq ravishda tarbiya jarayoniga o‘rg‘u berish.
Xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida seminarlar va davra suhbatlari, onlayn muloqotlarni tashkil etish.
Institut direktori tashabbusi bilan bo‘limda bir qancha milliy va xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini amalga oshirdi. Bular qatorida: “Dia Global akademiyasi” (Seul, Janubiy Koreya), Janubiy Koreya Madaniyat va ta’lim almashinuvi xalqaro tashkiloti (Seul, Janubiy Koreya), L.N.Gumilev nomidagi Yevroziyo milliy universiteti (Astana, Qozog‘iston Respublikasi), Akademik A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (Shimkent, Kozog‘iston Respublikasi), Akademik Babajan G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti davlat ta’lim muassasasi (Tojikiston), Rossiya Federatsiyasi Akademiyasi, Kazan Federal universiteti, Rossiya Akademiyasining Federal uslubiy markazi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi), Qozon Federal universiteti (Qozon, Rossiya Federatsiyasi), Qozon federal universitetining Psixologiya va tarbiya instituti (Qozon, Rossiya Federatsiyasi), Kattalar uchun uzluksiz ta’lim davlat muassasasi (Vitebsk, Belarusiya), Qozon davlat arxitektura qurilish universiteti (Qozon, Rossiya Federatsiyasi), Qokand davlat pedagogika instituti (Qokand, O‘zbekiston), Buxoro davlat pedagogika instituti (Buxoro, O‘zbekistan), Namangan davlat pedagogika instituti (Namangan, O‘zbekiston), Namangan muhandis-qurilish instituti (Namangan, O‘zbekiston), Urganch davlat universiteti (Urganch, O‘zbekiston) va boshqalar.
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 20-fevralda “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman va va 2024 yil 4 iyunda O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida “Pedagogik jihatdan ko‘p qirrali xalqaro munosabatlarning jadal rivojlanish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazildi.
2024 yil 22 mayda Taldikurgon davlat universitetida “Bastaush bilim berude ag‘ilshin tili mug‘alimderin dayarlau perspektivasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminarda, 2024 yil 3 mayda Shimkentda “Современные подходы к национальному воспитанию молодёжи” mavzusida seminarda va 2024 yil 27 may kuni “Механизмы повышения качества образования в многополярном мире” xalqaro forumda ma’ruza bilan qatnashildi.
2024 yil 9 may kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandim.