All posts by admin

20Dek/24

Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Yaponiyalik pedagog bilan uchrashuv

“ Tarbiyaga O‘zbekistonda ham Yaponiyadagidek e’tibor qaratilayotganidan behad mamnun bo‘ldim”deydi Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida shu sohadagi xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot institutlari olimlari va mutaxassislari bilan o‘zaro aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikakoning institut olimlari va doktorantlari bilan bo‘lgan uchrashuvi fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi. Institutimizning bir guruh vakillari Yaponiyada bo‘lib, u yerdagi ta’lim, xususan, tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar, bu borada to‘plangan tajribalar bilan bevosita tanishib qaytgan edi. Bugungi uchrashuvni ana safar va aloqalarimizning mantiqiy davomi, deb atash mumkin,– dedi Qori Niyoziy nomidani Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov.Uchrashuvda Goto Mikako Yaponiya ta’lim tizimi tajribasi, ta’limda oila va tarbiyaning o‘rni xususida keng ma’lumot berdi. Biz ham jug‘rofiy, ham mintalitet jihatidan sharqlik sanalamiz. Shu bois bizning mushtarak va uyg‘un jihatlarimiz juda ko‘p. Bu, o‘z navbatida, Yaponiya bilan O‘zbekiston ta’lim va tarbiya sohasida yaqin hamkorlik o‘rnatishida mustahkam zamin bo‘la oladi. Yaponiyada tarbiya bundan uch yil avval maktablarda qo‘shimcha fan sifatida o‘rgatilgan bo‘lsa, endilikda asosiy fanlar qatoriga kiritildi. Meni xursand qilgan jihat shundan iboratki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham tarbiya asosiy fanlar qatorida o‘qitimoqda. Ayniqsa joriy yilda Prezident qarori bilan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etilgani meni nihoyatda quvontirdi. Bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlarda tarbiyaga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki dunyo miqyosidagi integratsiya va globallashuv jarayonlari , axbort kommunikatsiya vositalarining keng rivojlanishi, ayniqsa, axbarot tarqalishi va almashinuvining tezkorligi va chegara bilmasligi yoshlarimizda axloq va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj va e’tiborni yanada oshirdi. Yoshlarimizni turli xil ta’sir va tahdidlardan asrash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni saqlash va tiklashda bu juda ham muhims vosita sanaladi, dedi mehmon.Goto Mikako institut jamoasiga Yaponiyadagi Chibo universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan ta’lim va oilada tarbiya metodikasiga doir darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako poytaxtimizdagi bir qancha davlat va xususiy maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim va tarbiya tizimi hamda metodikalari bilan yaqindan tanishdi.

Institut matbuot kotibi I.Xudoyorov

 63 total views,  6 views today

06Dek/24

Akademik Xolboy Ibragimov universitet talaba-yoshlari bilan uchrashdi

Akademik tadbir ishtirokchilariga oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi sermashaqqat hayot yoʻli, mehnatlari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, talaba-yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

🔸Akademik X.Ibragimov yurtimizdagi ilm-fan sohasi uchun malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qoʻshayotgan fidokorona hissasi, koʻp yillik samarali mehnatlari hamda Navoiy davlat universiteti bilan hamkorligi uchun universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🔹Tashrif chogʻida akademik Xolboy Ibragimov universitet tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

 84 total views,  4 views today

06Dek/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Xolboy Ibragimov Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastlab akademik X.Ibragimov universitet rektori, professor M.Kalonov bilan uchrashib, doʻstona va samimiy muloqot qildi. Muloqot davomida oliy taʼlim dargohini yangi bunyod etilayotgan kampusi, shuningdek, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot sohalari haqida maʼlumot berildi.

 93 total views,  2 views today

27Noy/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Yaponiyalik tadqiqotchi Vanessa Ozawa bilan davra suhbati

2024-yil 27-noyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Yaponiyalik tadqiqotchi Vanessa Ozawa bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadqiqotchi institut faoliyati bilan tanishib, yapon va o‘zbek oilalarida farzandlarni tarbiyalashda umuminsoniy va milliy an’analar o‘rtasidagi farq borasida toʻxtalib oʻtdi. Umumiy o‘rta ta’limda mahalla, oila va maktab zanjiri o‘zbek maktablarida ibratolarli darajada yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Uchrashuv so‘ngida professor o‘qituvchilar va doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 49 total views,  2 views today

Diqqat e’lon!

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-yil 20-noyabr kuni 13.00.01 -«Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi»,  13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» hamda 13.00.09 – «Ijtimoiy pedagogika» ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

 200 total views,  3 views today

25Okt/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi Qozon shahrida

Bugun 25-oktabr 2024-yil Qozon shahridagi Kazan (Привольжский) Federal Universitetining Psixologiya va Ta’lim Institutida “Современное националное образование: антропологические, дидактические, поликултурные аспекты, посвященной Году семьи в России” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyaga Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik, O‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Ibraimov Xolboy Ibragimovich boshchiligida institut olimlari, tayanch doktorantlar tashrif buyurdilar va ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

 175 total views,  2 views today

23Okt/24

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan nufuzli anjuman bo’lib o’tdi!

⭐️ 2024-yil 21-oktabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamda «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi!

 117 total views,  1 views today

18Okt/24

O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich bilan Andijon davlat universitetida uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun, 17-oktyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich Andijon davlat universitetida bo’ldi.

Universitetning kichik majlislar zalida Xolboy Ibragimovich ta’lim muassasamiz professor-o’qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi. Unda akademik milliy ozodlik yo‘lida siyosiy faoliyat olib borgan jadidlarimizning va jadidchilik faoliyatining maqsadi haqida batafsil so‘zlab, «Farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish: pedagogik hamkorlik yo’llari» mavzusida hayotiy misollar orqali ko’p yillik tajribasidan kelib chiqib suhbat olib bordi.

Tashrif so’nggida, tadbir ishtirokchilari Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida bo’ldi.

 131 total views,  2 views today