Monthly Archives: Noyabr 2022

17Noy/22

O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish

Bugun 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistondan tashqaridagi O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbek tili kurslari maslahat guruhi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vakillari va O‘zbekiston Xalq taʼlim vazirligidan mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlaridan tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari ham ishtirok etishdi (bo‘lim mudirlari prof. M.Quronov va dots. L.Karaxonova).
Mazkur tadbir onlayn tarzda tashkil etilib, unda hozirgi kunda AQSH va boshqa xorijiy yurtlarda istiqomat qilayotgan o‘zbek oilalari farzandlarining o‘zbek tiliga munosabati, muloqot qilish imkoniyatlari, shuningdek, o‘zbekona urf-odatlar, ularni bilish, o‘rganish va kelajakda o‘zbekona milliy tarbiyaning saqlanib qolishida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida Amerikadagi elchixona vakili, xorijda hozirda istiqomat qilayotgan va bevosita til o‘rganish muammosiga o‘z mehnatlarini sarf qilayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi

 53 total views,  1 views today

14Noy/22

HAMKORLIK SHARTNOMA

Joriy yilning 11 – noyabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari lmiy tadqiqot instituti M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan HAMKORLIK SHARTNOMASI tuzildi va imzolandi.
Hamkor tomonlar ta’lim va fanni, ta’limning jahon va milliy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish manfaatlaridan kelib chiqib, texnik, gumanitar, tabiiy fanlar va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar olib borishga kelishib oldilar.

 74 total views,  2 views today

09Noy/22

ЭЪЛОН!!!

Т.Н.Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институтига 2023 йил докторантура (PhD/DSc) ҳамда стажёр-тадқиқотчиликка ҳужжат топширган талабгорлар диққатига!Кириш имтихонлари 22-24 ноябрь кунлари ўтказилишини маълум қиламиз. Имтихон жадвали ва дастурлари илова қилинади.

 67 total views,  2 views today