“Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik ta’minoti” ilmiy-tadqiqot bo‘limi                                                                                         

Mardanov Shukurullo Qo‘ldoshevich

pedagogika fanlari doktori professor

Telefon: (+998) 99-479-83-52

E-mail:

“OTA-ONALAR UNIVERSITETI” VA TARBIYAVIY JARAYONLARNING  METODIK TA’MINOTI” BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA

 “Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik ta’minoti” ilmiy-tadqiqot bo‘limining maqsadi

 “Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik ta’minoti” ilmiy-tadqiqot bo‘limi. (Ota-onalar va maktabgacha va maktablarda amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy-metodik ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy majmualar, strategiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi). 

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

Xalq ta’limi tizimiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari, mahallalardagi mavjud muammolarni o‘rganish va istiqbollarini belgilash, shuningdek oilalarga “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”da ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, mahallalar bilan kelishgan holda davlat tashkilotlari bazasida “Ota-onalar universitetlarini” tashkil qiladi.

Ota-onalar universitetlari” ta’lim oluvchilar ota-onalari bilan ishlash shakllaridan biri sanaladi. Bu ta’lim proekti (loyihasi) bo‘lib, u ota-onalarga o‘z farzandlarini (bolalarini) samarali tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berish kompetensiyalarini oshirishga xizmat qiladi.

Ota-onalar universitetlari” tuman, shahar davlat tashkilotlari bazasida tashkil qilinadi (mahalla, MTT, UO‘TM).

Ota-onalar universitetlari” ishida ixtiyoriy ravishda ota-onalar, maktab o‘qituvchilari, maktab psixologi, mamaktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, mahalla qo‘mitasi a’zolari va b. ishtirok etishlari mumkin.

Ota-onalar universitetlari” bilan Tarbiya pedagogikasi milliy instituti doimiy aloqada bo‘ladi, tegishli metodik yordam ko‘rsatadi, “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

bo‘lim Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan metodistlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi, joylardagi “Ota-onalar universitetlari”  faoliyatini muvofiqlashtirishda metodik yordam ko‘rsatadi;

bo‘lim risola, o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar bilan hamkorlik qiladi ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar uchun uchun metodik qo‘llanmalarni yaratish ishlarini amalga oshiradi;

bo‘lim yaratilgan o‘quv-uslubiy risolalar hamda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish, ularning metodik talablarga mosligi bo‘yicha xulosalar beradi;

bo‘lim “Ota-onalar universitetlari” uchun namunaviy Nizom ishlab chiqadi hamda tematik reja ishlab beradi;

bo‘lim tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, iqtidorlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik mahsulotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar, seminar-treninglar, master-klasslar tashkil etadi.