17-may kuni Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova joriy yil 17-may kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan – Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligining (USAID) O‘zbekistondagi Missiya, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YeXHT, vazirliklar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, Yaponiya, Malayziya, Bolgariya, Belorusiya, Rossiya, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan xalqaro ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiyada Oila institutini mustahkamlashga oid islohotlar, xorijiy va milliy tajribalar, qonunchilik me’yorlari, ijtimoiy siyosat, oila va xotin-qizlar, yoshlar va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

 661 total views,  1 views today