Ilmiy nashirlar

п.ф.д. А.Махмудов хаммуаллифликдаги маколаси скобус базасидаги нашрда чоп этилди. Нашр линки ⬇

https://dl.acm.org/doi/10.1145/3508072.3508160

“Овози Самарқанд” газетасининг 2022 йил феврал ойи сонида педагогика фанлари доктори,профессор Х.И. ИБРАИМОВнинг учинчи реннесанс даври пойдеворини тиклашда таълим соҳасидаги ислоҳотларнинг аҳамиятига бағишланган “Пойдевори реннесанси сеюмро чавонони соҳибхирад мегузоранд” номли мақоласи эълон қилинди.
Матбуот котиби

2022-yil 13-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ -82 “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2022-yil 21-yanvar’ sonida O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I. Ibraimovning “Prezidentimiz qaroridan qanot yoygan orzular” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada oliy ta’lim tizimidagi muhim islohotlar samarasi haqida fikr yuritilib, SamDU faoliyatni takomillashtirishda ushbu olamshumul qarorning tutgan o‘rni atroflicha yoritildi.

Journal of Hunan University(Natural Sciences)jurnalida O‘zPFITI direktori p.f.d., prof. X.I.Ibraimovning “O‘qituvchining pedagogik qobiliyati, strukturasi va rivojlanishi” nomli ilmiy maqolasi ingliz tilida e’lon qilindi. Unda o‘qituvchining kelajak avlodni tarbiyalashdagi roli, o‘qituvchilik kasbini tanlash va uning kasbiy-shaxsiy rivojlanishida psixologiya fanining ahamiyati yoritilgan.

«Xalq ta’limi» jurnalining 2021 yil, 6-sonida O‘zPFITI bo‘lim mudirlari p.f.d., академик Risboy Djurayev va p.f.n. Muhayyo Inoyatovalarning “Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning rivoji” nomli maqolasi e’lon qilingan. Maqolada Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning bugungi takomilida davlat rahbarimizning tutgan o‘rni, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash haqida fikr yuritilgan.

Institut xodimlari va doktorantlari tomonidan ilmiy-metodik maqolalari chop etildi:
P.f.d., prof. X.Ibraimov va M.A. Begmatovlarning “O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari (Prezident maktablari misolida)” maqolasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari, ushbu tizimni rivojlantirishning optimal yo‘nalishlari Prezident maktablari misolida atroflicha yoritilib, jumladan, STEAM ta’limi mazmuni va mohiyati keng ochib berilgan.

P.f.d., prof. R.Safarovaning “Ixtisoslashtirilgan ta’limning о‘ziga xos jihatlari va bu sohadagi xalqaro tajribalar” maqolasida ixtisoslashtirilgan ta’limning o‘ziga xos jihatlari va bu sohadagi xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularga ta’lim berishda turli yondashuvlar va tajribalar AQSН, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Germaniya, Xitoy, Koreya, Tailand, Singapur va Rossiya kabi davlatlar misolida ko‘rib chiqilgan.

Institut doktoranti (PhD) S.Ibraximovning “Bo‘lajak murabbiylarda ziddiyatlarini bartaraf etish texnikasini shakllantirish” nomli maqolasida bo‘lajak sport murabbiylarida o‘quvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish metodlari, vositalari hamda texnikasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.

Institut tayanch doktoranti D.M.Malikovaning “O‘quvchilarning kasb tanlashida mutolaaning o‘rni” nomli maqolasida o‘quvchilarni erta kasbga yo‘naltirishda badiiy adabiyot asarlari va kitobxonlikning ahamiyati yoritilib, ularning kasb tanlashiga ko‘maklashuvchi muhim chora-tadbirlar majmuyi keltirilgan.

Institut tayanch doktoranti J. Shomurodovning “Badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallariga pedagogik yondashuv” nomli maqolasida badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlashda aniq didaktik qonuniyatlar va dalillarga tayanish, ularni taqdim etish jarayonida o‘quvchilarning kognitiv qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirishning bir qancha usullaridan foydalanish, badiiy-estetik mazmundagi o‘quv materiallarini tanlashda pedagogik yondashuvlarga tayanish kabi muhim didaktik masalalar yoritilgan.