Monthly Archives: Iyul 2022

28Iyul/22

Hamkorlik memorandumi imzolandi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 2022 yil 27 iyul kuni A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga о‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi. Ikkala institut о‘rtasida ilmiy-tadqiqot, о‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanlari va ta’lim sohasidagi innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda amaliyotga joriy etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 140 total views,  2 views today

16Iyul/22

Xalq ta’limi vaziri Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘ldi

Joriy yilning 15 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘ldi. Dastlab, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti binosining moddiy-texnik bazasi, tarix va matematika fakulteti holati bilan tanishildi. So‘ngra Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘lib, mazkur muassasa jamoasi va rahbari bilan yaqindan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida pedagogik jamoaga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

 127 total views,  1 views today