Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi sohasidagi ishlar qoniqarsizligi sabab viloyat va tuman hokimlarini keskin tanqid qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 3-fevraldagi «Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash
2022-yil, 12-aprelda Quyichirchiq tumani 4-musiqa maktabida qo’shma yigʻilish boʻlib oʻtkazildi. Yigʻilishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A.K.Qirgʻizboyev, T.N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimov, Quyichirchiq tumani XTB mudiri A.U.Shodmonov, tegishli tashkilotlardan mobil guruhi vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilishda mobil guruhlarining yoʻl xaritalarini ishlab chiqish belgilab olindi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi T.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI ning “Quchoq ochib maktablarga boraylik!” deb nomlangan shiori ostida maktablar bilan ilmiy-metodik hamkorligidan lavhalar.
Quyichirchiq tumani 51-sonli umum o’rta ta’lim maktabida musiqa madaniyati fani o’qituvchilariga, Azizov Ravshan Komilovich tomonidan «Interfaol metodlar yordamida talim samaradorlgini oshirish yo’llari» mavzusida semenar mashg’uloti o’tkazildi.
2022 yil 16 aprel kuni Quyi Chirchiq tumanidagi 19-son maktabda rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilariga Qori Niyoziy nonidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining «Tillarni intensiv o’qitish texnologiyalari» bo’limi mudiri Zemlina Yuliya Vyachislavovna seminar tashkil qildi.
«Quchoq ochib maktablarga boraylik» shiori ostida maktablarga borish davom etmoqda.
Bugun Toshkent viloyati Kuyichirchik tumanidagi 25-umumtalim maktabida tabiiy fanlar yunalishida tashkil etilgan metodik tadbir bulib utdi. Mazkur tadbir UzPFITI bulim mudirlari L.M.Karaxanova, M.Umaraliyeva va «Fizika, matematika va informatika» jurnali masul kotibi B.Olimov va Kuyichirchik xalk talimi boshkarmasi mutasaddi raxbarlari tomonidan tashkil etildi. Tadbir kutarinki ruxda bulib utdi. Ukituvchilar va 11-sinf bitiruvchilari tomonidan berilgan savollar, zamonaviy talim metodikasini joriy etish borasida baxs munozaralarda juds faol bulishdi. Tabiiy fan yunalishlaridagi kimyo, biologiya, fizika fan ukituvchilari, XTV metodisti va UzPFITI xodimlari xamkorligidagi bu kabi tadbirlar yana davom etishiga kelishib olindi
O’quv seminar
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🔹Seminar-treningga T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI pedagogika fanlari doktori professor «Alifbo» darsligi muallifi Safarova Raxatoy G’aybullayevna,T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktori ibragimov Xolboy Ibragimovich,T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktorining umumiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari Ro’ziyeva Zulayxo Samatovna tashrif buyurishdi.
🔹 Seminar-treningda: tayanch o’quv mashg’ulotdagi «Smart alifbo» mavzusi tanlanib keng muhokama qilindi. Tumanimizning 105 nafardan ortiq o’qituvchilari ushbu mavzu haqida ma’lumot olib, o‘zlarida ushbu mavzu yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qildilar.
🔹Trening bahs va savol-javobga to’la bo’ldi.
Quyichirchiq tumani 28-sonli umumtalim maktabi musiqa madaniyati o’qituvchilar uchun trener uzpfiti instituti doktoranti Azizov Ravshanbek Komilovich tomonidan o’quv-seminarlar o’tkazilmoqda.
2022-yil 23-aprel kuni «Quchoq ochib maktablarga boraylik» shiori ostida T. N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti «Tillarni intensiv o’qitish texnologiyalari» bo’lim mudiri Yuliya Zemlina Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani xalq ta’limi bo’limida maktab rahbarlari bilan umumta’lim muassasasi menedjmenti muammolari bo’yicha namunali seminar- trening o’tkazdi. Trening tinglovchilari ish tajribalari asosida ishtirokchilar bilan o’z fikrlarini o’rtoqlashdilar.
Fizika fani o’qituvchilari bilan o’quv seminar
2022-yil 27-aprel kuni Quy-Сhirchiq tumanidagi 26- umumta’lim maktabida o’qituvсhilarga metodik yordam berish maqsadida tuman fizika fani o’qituvchilari bilan o’quv seminari o’tkazildi. O‘zPFITI tasarrufidagi «Fizika, matematika va informatika» jurnali muharriri, dotsent B. A. Olimov fizika sohasidagi dolzarb muammolar to’g’risida ma’ruza qilib, o’qituvchilar e’tiborini dars jarayonida mazkur muammolar bilan o’quvchilarni tanishtirishning zarurligiga qaratdi.
“Xalqaro baholash dasturi va undan o‘quv jarayonida foydalanish samaradorligi” mavzusida ilmiy-o‘quv seminar
2022- yil 27-aprel kuni O‘zPFITI bo‘lim mudirlari B.Olimov va L.M.Qaraxonovalar reja asosida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tabiiy fan (biologiya, kimyo va fizika) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilar bilan hamkorlikda “Xalqaro baholash dasturi va undan o‘quv jarayonida foydalanish samaradorligi” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari va dars mashg‘ulotlari tashkil etdilar. Unda tuman novator o‘qituvchilari tashabbuslariga ko’ra o‘quv jarayonida PISA xalqaro baholash dasturining ahamiyatli va qulay jihatlari namoyish etildi. Tadbir savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Ochiq eshiklar kuni-Festival
2022 y. 29 aprel sanasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 45-STEM Umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda «Ochiq eshiklar kuni-Festival» o’tkazildi. Bu festivalda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari A.Maxmudov, M.Umaraliyeva, Z.Ro’ziyeva hamda doktorant R.Azizovlar ishtirok etishdi.
Tumanning 1600 nafardan ortiq bitiruvchi o’quvchilari ushbu festivalga tashrif buyurishdi, o‘zlariga kelajakda qaysi kasbni egallash yuzasidan tasavvur va yo’nalishlarni tanlab olishdi.
2022 yil 10-may kuni O’zPFITI «Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limi mudiri L.M.Karaxanova tomonidan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 6-maktab bilan hamkorlikda kelajakda tashkil etiladigan ilmiy-metodik ishlar va metodik xizmatni yo’lga qo’yish masalalari bo’yicha shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomada tabiiy fan yo’nalishidagi o’qituvchilarning metodik materiallarga bo’lgan talablarini o’rganish, ularga ko’maklashish, tajriba-sinov jarayonida hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish kabilar asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Ilmiy-metodik mazmundagi metodik adabiyotlar 6-maktab ma’muriyati kutubxonasiga taqdim qilindi. 6-sinf «Biologiya» darsida ishtirok etildi. Biologiya fani o’qituvchilari bilan suhbat tashkil etildi.
“Tabiiy fanlar o‘qitishning samarali usullari va vositalari” mavzusida davra suhbati
2022 yil 18-may kuni T.N.Qori Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov va “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri L.Qoraxonova, institut tayanch doktoranti J. reja asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad “Tabiiy fanlar o‘qitishning samarali usullari va vositalari” mavzusida davra suhbati hamda ochiq darslarni kuzatish, shuningdek, «Kasblar haftaligi» munosabati bilan 11- sinf oʻquvchilari bilan kasblar haqida suhbat oʻtkazishdan iborat bo‘ldi. Tabiiy fan yo‘nalishidagi fan o‘qituvchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf oʻqivchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollarriga javob olishdi.
Tadbir davomida kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarningbajarilishi bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi. Tadbir ko‘tariki ruxda bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening
2022 yil 21-may kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 1, 32, 4 -umumiy ōrta ta’lim maktablarida tuman Xalq ta’limi bōlimi hamda T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ōzbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan tashkil etilgan navbatdagi seminar-treninglar bōlib òtdi.
Seminar-treninglarda mazkur institutning direktor orinbosarlari p.f.d. A.Maxmudov va Z.Rōziyevalar, bo
lim boshligi Yu. Zemlina va doktorant R. Azizovlar tuman oqituvchilariga amaliy mashgulotlar o
tgazdilar
ILM, MA’RIFAT MASKANIGA TAShRIF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilingan edi. Farmoyish ijrosini ta’minlash va Respublika umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, T. N. Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik shiori ostida ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda professor-o‘qituvchilar bilan birga, yosh olimlar, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi. Institut direktori professor X. Ibraimov boshchiligidagi bir guruh olimlar ta’lim muassasalarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qator seminar treninglar o‘tkazdilar