Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi

Safarova Roxatoy G’aybullaevna,

pedagogika fanlari doktori, professor

E-mail: safarova_roxat@mail.ru

“Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi mudurining funksional vazifalari

 “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi mudirining shaxsiy rejasi Institut direktori yoki ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim mudiri:

  • O‘zPFITIning bo‘lim faoliyatiga taalluqlimasalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
  • bo‘lim ish rejasi va bo‘lim faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • bo‘limga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida institut rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
  • O‘zPFITI tegishli xizmat bo‘linmalaridan ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab qiladi;
  • belgilangan tartib va muddatlarda yillik faoliyati bo‘yicha bo‘lim hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.

Bo‘lim mudiri – pedagogika fanlari doktori (yoki pedagogika fanlari nomzodi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)) ilmiy darajasi, professor yoki katta ilmiy xodim (dotsent) ilmiy unvoniga ega bo‘lishi lozim.

Funksiyalari:

  • amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
  • bo‘lim nizomi doirasida ilmiy izlanishlarni tashkil etish; bo‘limning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash maqsadida ilmiy izlanishlarni tashkil etishni ta’minlash;
  • tegishli OTM bilan bo‘limning tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlashda hamkorlik qilish;
  • boshqa OTMlar va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan shartnomalar va memorandumlar tuzish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni tashkil etish, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazishga rahbarlik qilish;
  • xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar hamda monografiya, qo‘llanma, darsliklar chop ettirish;
  • doktorant va tayanch doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.

ILMIY ISHLAR RO’YXATI

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIMNING О‘ZIGA XOS JIHATLARI VA BU SOHADAGI XALQARO TAJRIBALAR

Rezume. Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan ta’limning o‘ziga xos jihatlari va bu sohadagi xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularga ta’lim berishda turli yondashuvlar va tajribalar AQSh, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Germaniya, Xitoy, Koreya, Tailand, Singapur va Rossiya kabi davlatlar misolida ko‘rib chiqilgan.           R.G.Safarova[1]

Tayanch so‘zlar: ixtisoslashtirilgan ta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi, rivojlantiruvchi ta’lim, pedagogik texnologiyalar, o‘quv materiallari, maxsus fan, yangi axborot texnologiyalar, ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlari, iqtidorli o‘quvchilar, ixtisoslashgan sinflar, jadallashtirilgan ta’lim.


[1] Safarova Roxat Gaybillayevna, О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bо‘lim boshlig‘i, p.f.d., professor. E-mail: safarova_roxat@gioresml

Резюме. В данной статье анализируется специфика профильного образования и зарубежный опыт в этой сфере. Показаны различные подходы и опыт выявления, педагогической поддержки и воспитания одаренных учащихся в системе образования развитых стран, таких как США, Австрия, Бельгия, Греция, Ирландия, Италия, Португалия, Англия, Франция, Швеция, Дания, Норвегия, Германия, Китай, Корея, Таиланд,Сингапур и Россия.

Ключевые слова: профильное образование, специализированное образовательное учреждение, развивающее обучение, педагогические технологии, учебные материалы, специальная наука, новые информatsiонные технологии, профильные учебные планы, одаренные учащиеся, профильные классы, ускоренное обучение.

Abstract. This article analyzes the specifics of specialized education and foreign experience in this area. Various approaches and experience in identifying, pedagogical support and education of talented students in the education system of developed countries, such as USA, Austria, Belgium, Greece, Ireland, Italy, Portugal, England, France, Sweden, Denmark, Norway, Germany, China, Korea, Thailand and Singapore , Russia.

Key words: specialized education, specialized educational institution, developmental education, pedagogical technologies, teaching materials, special science, new information technologies, specialized curricula, talented students, specialized classes, accelerated education.

Ta’lim dunyoning barcha davlatlarida har doim ustivor strategik masala bо‘lib kelgan. О‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatida ham har doim rivojlantiruvchi ta’limga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ta’limga bо‘lgan e’tibor О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning har bir ma’ruzasi, qarorlari va farmonlarida о‘z ifodasini topmoqda. Jumladan, 2022 yil 17 yanvarda о‘tkazilgan videoselektorda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’tiborini ixtisoslashgan maktablardagi ta’limning о‘ziga xos jihatlari jalb qildi. Jumladan, “Ixtisoslashtirilgan maktablarda bolalar maxsus fan bо‘yicha tо‘liq bilimga, keng dunyoqarashga ega bо‘lishi zarur. О‘quvchilarda milliy ruh, vatanparvarlik hissi baland bо‘lishi kerak”[1], – deya ta’kidladi Prezident.

Ixtisoslashgan ta’lim jarayonida о‘quvchilarda qiziqishlarning yuqori darajada namoyon bо‘lishi kuzatiladi. Fanlar bо‘yicha ixtisoslashgan ta’lim berishda о‘qituvchi oldida turgan muhim pedagogik vazifalardan biri, ixtisoslashtirilgan ta’limning о‘ziga xos xususiyatlarini tо‘g‘ri anglagan holda о‘quv jarayonini tashkil etish va о‘ziga xos pedagogik texnologiyalarni qо‘llashdan iborat. Bu muammoning yechimi bugungi kunda ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimi uchun nihoyatda zarurdir. Chunki fanlar ixtisoslashtirilib о‘qitiladigan sinflarda, asosan, muayyan о‘quv predmetiga katta qiziqish bilan qaraydigan о‘quvchilar jalb etiladilar. Ular odatdagidan kо‘proq ixtisoslashgan bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashga intiladilar. О‘ziga xoslikning asosiy manbalarini bilgan holda ularni qismlarga bо‘lish mumkin. Birinchi о‘ziga xoslik umumiy о‘rta ta’lim maktablari dasturlarida bayon qilingan odatdagi bilimlardan kо‘ra tо‘liqroq va chuqurroq mazmunga ega bо‘lish, hodisalarni о‘rganish, tushunchalar, qonuniyatlar va nazariyalarni о‘quvchilarga taqdim etish. Bu, birinchi navbatda, о‘quvchilarning yaqqol namoyon bо‘ladigan qiziqishlarini qondirish ehtiyoji bilan izohlanadi. Ikkinchidan esa, о‘quvchilar chuqurlashtirib о‘rganilayotgan bilimlarning boshlang‘ich mazmuni bilan tanish bо‘ladilar. Bunday sharoitda ularning hodisalarni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlari qondirilmaydi. Shuning uchun ham, muayyan hodisalarni о‘quvchilar chuqurroq о‘rganishga harakat qiladilar. Masalan, о‘zbek davlatchiligi tarixi, о‘zbek tilining vujudga kelishi kabi. Ikkinchi о‘ziga xoslik shunda namoyon bо‘ladiki, о‘quv materiallarini bayon etish va ularni о‘quvchilarga yetkazishda qat’iy mantiqiy izchillikni ta’minlash nihoyatda zarur. Bir tomondan qaraganda, qо‘yilgan talablar eskirgan va barcha о‘quv fanlarini о‘qitishda bir xil talab qо‘yiladiganga о‘xshaydi. Biroq, aslida bunday emas. О‘quvchilar u yoki bu о‘quv faniga qiziqar ekanlar, ular о‘qituvchining tushuntirishlari, izohlariga alohida e’tibor va qiziqish bilan qaraydilar. Shu asnoda ular har bir holatni tez ilg‘ab oladilar. Masalan, ular о‘rganayotgan bilimlar о‘quv predmetining odatdagi mazmunidan chuqur yoki sayozligini tez payqaydilar. Shu bilan bir qatorda, о‘quv materialining qat’iy mantiq asosida bayon etilishi о‘quvchilarga о‘rganilayotgan materiallarning mantiqiga chuqurroq kirish imkonini beradi. Buning natijasida ular yuqori darajadagi bilimlarga optimal yо‘llar bilan о‘tish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Shu tariqa, ularning qiyinchiliklari qisman bartaraf etiladi. Uchinchi о‘ziga xoslik shunda namoyon bо‘ladiki, ixtisoslashtirilgan о‘quv predmeti bо‘yicha dars beradigan о‘qituvchi о‘z fanini chuqur bilish bilan bir qatorda, mazkur fanning zamonaviy yutuqlari, nazariy metodologik asoslari, ixtisoslashtirilgan bilimlarni о‘quvchilarga yetkazish yо‘llari va texnologiyalarini ham bilishi lozim. U mazkur fan yо‘nalishidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, chop etilgan yangi ishlar mazmunidan xabardor bо‘lishi kerak. О‘quvchilar muayyan о‘quv faniga alohida qiziqish bilan qarar ekanlar, shu yо‘nalishdagi ishlarni kо‘p о‘qiydilar, kо‘plab ilmiy-ommabop materiallarni kо‘zdan kechiradilar, ilmiy jurnallar, internet materiallari bilan shug‘ullanadilar va tushunmagan narsalarini о‘qituvchidan sо‘rab bilib olishga harakat qiladilar. О‘qituvchining mazkur savollarga javob berishga tayyorligi ixtisoslashtirilgan ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlashning asosiy omilidir.

Fanlar chuqurlashtirilib о‘qitiladigan sinflarda ta’lim berishning tо‘rtinchi о‘ziga xos jihati, turdosh о‘quv fanlariga oid bilimlardan kо‘proq foydalanish imkoniyatining mavjudligidadir. Masalan, tarix darslarida imkon qadar о‘quvchilarning adabiyot, san’at, ajdodlarimiz merosiga oid bilimlardan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratish lozim. Tarbiya darslarida о‘zbek xalqining urf-odati, an’analariga oid bilimlar, matematika darslarida fizika, geometriya, ekologiyaga oid bilimlar uyg‘un tarzda taqdim etiladi. Bu, о‘z navbatida, о‘ziga xos texnologiyalarni qо‘llashni taqozo qiladi. Bunday yondashuv natijasida о‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishda о‘quv fanlarining о‘zaro ijobiy ta’siri ta’minlanadi. Buning natijasida о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlari chuqurlashadi va har tomonlama anglanadi. Eng muhimi, ularning bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalari о‘zaro izchillik kasb etadi.

Ixtisoslashtirilgan о‘quv fanlarining mazmuni qо‘shimcha materiallar kiritish hisobiga kengaytirilmasligi kerak. Bunday yondashuv quyidagi bir qator sabablarga kо‘ra maqsadga muvofiq emas: ixtisoslashtirilgan fanlar mazmunini keng kо‘lamda kengaytirish mumkin emas. Bu, о‘z navbatida, о‘quvchilarning о‘quv mehnatini og‘irlashtiradi. Bu esa, ularning salomatliklariga salbiy ta’sir kо‘rsatadi; ixtisoslashtirilgan fanlarni о‘qitish jarayoni oldiga о‘quv materiallari hajmini kengaytirish vazifasi qо‘yilmaydi. Balki ular mazmunan chuqurlashtiriladi va boyitiladi; о‘quv materiallarini eslab qolish mustahkamligi va tafakkurning rivojlanishi о‘quv materiallari chuqur о‘zlashtirilgan taqdirda yuqori bо‘ladi. Keng kо‘lamdagi о‘quv materiallarini о‘zlashtirishda esa, о‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish murakkablashadi va о‘quv materiallarini о‘zlashtirish mustahkamligini ta’minlash imkonsiz bо‘ladi; ta’limning har qanday loyihalashtirilgan tizimi umumta’lim maktablari dasturlari bilan oliy о‘quv yurti dasturlarini muvofiqlashtirishni taqozo qiladi. Umumta’lim maktablari dasturlarining ixtisoslashuvi oliy ta’lim muassasasi dasturlariga о‘zgartirishlar kiritishni ham ta’minlashi lozim. Aks holda dasturlarni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Shu bilan bir qatorda, dasturga kiritilgan materiallar bilan chegaralangan miqdordagi soatlar muvofiqligini ham ta’minlash lozim. Agar kiritilgan о‘quv materiallari bilan soatlar muvofiq kelmasa, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlari yuzaki xarakter kasb etadi. Buning natijasida, о‘quvchilarning о‘zlashtirish darajalari va ixtisoslashtirilgan ta’limning samaradorligi past bо‘ladi. Shuning uchun ham, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida о‘quv jarayonining mazmuni odatdagi о‘quv jarayonining mazmunidan muayyan darajada farq qilishi lozim. Bunda ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini kengaytirish mumkin emas degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. О‘quv dasturining ma’lum darajada kengaytirilishi ilmiy-pedagogik jihatdan har tomonlama asoslangan holda amalga oshirilishi kerak. Dasturni kengaytirish maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Hajm jihatdan sezilarli darajada katta bо‘lmagan materialni kiritish о‘quv fani bayonining mantiqiy asosga ega bо‘lishini ta’minlaydi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim mazmunining odatdagi mazmundan farqi uning chuqurligi va boyligida namoyon bо‘lishi lozim. Ixtisoslashgan fanlarni chuqurlashtirgan holda о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va о‘qituvchilarni muayyan tavsiyalar bilan qurollantirish dolzarb innovatsion hodisa sifatida о‘z yechimini kutmoqda. Mazkur muammo doirasida: 1) ixtisoslashtirilgan sinflarda ta’limni tashkil etish texnologiyalarini aniqlash va nazariy jihatdan asoslash; 2) ixtisoslashtirilgan sinflarda ta’limni tashkil etish texnologiyalarini qо‘llash sohasidagi xalqaro tajribalarni umumlashtirish; 3) ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalarida о‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari bilan о‘qituvchilarni qurollantirish kabi vazifalar о‘z yechimini kutmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’limning moddiy-texnik bazasini yaratish va mazkur jarayonni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Buning uchun muayyan mablag‘ va pedagogik vositalar talab etiladi. Ixtisoslashtirilgan ta’limni amalga oshirish uchun mо‘ljallangan xonalar va laboratoriyalarni jihozlash imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Muayyan о‘quv fanlari bо‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim berishga mо‘ljallangan sinflarni tashkil etishda о‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun zarur bо‘lgan texnik vositalar bilan xonalarni jihozlash talab etilmoqda. Bunday sinflarda zamonaviy laboratoriyalarda foydalaniladigan texnik vositalarning namunalari saqlanishi muhim amaliy ahamiyatga ega. Masalan, tabiiy fanlardan ixtisoslashtirilgan bilim berishga mо‘ljallangan sinflarda istiqbolda elektron ossillograflar, elektr quvvatini doimiy va о‘zgaruvchan sharoitlarda kuchaytirib beradigan uskunalar, barqaror signal generatorlari, impulslar generatorlari, spektrometrlarning namunalari, maketlari bо‘lishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirishda darslik muhim о‘rin egallaydi. Mazkur darsliklarning boshqa darsliklardan farqi о‘quv materialining mantiqiy jihatdan qat’iy ifodalanganligi, о‘rganilayotgan hodisalarning chuqur izohlanishi turdosh fanlararo aloqadorlikning ta’minlanishidadir. Ixtisoslashtirilgan ta’limni amalga oshirish uchun darslik bilan bir qatorda sohaga oid ilmiy-ommabop adabiyotlardan ham samarali foydalanish mexanizmini vujudga keltirish kerak. Ma’lumki, iqtidorli о‘quvchilar о‘ziga xoslikka ega bо‘lib, о‘zlarining iqtidorlari va talantlari bilan ajralib turadilar. Shuning uchun ham ularga har doim ta’limning standart talablari tо‘g‘ri kelavermaydi. Iqtidorli bolalarga xos bо‘lgan xususiyatlar sirasiga qiziquvchanlik, bilishga ehtiyoj, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va mustaqillikni kiritish mumkin. Bunday о‘quvchilar intellektual hamda ijodiy rivojlanishda о‘z tengdoshlaridan о‘zib ketadilar. Shuning uchun ham pedagogika fani oldida iqtidorli о‘quvchilarga “Nimani qanday о‘rgatish kerak?”, “Iqtidorli bolalarni qulay tarzda rivojlantirish yо‘llari va usullari nimalardan iborat?” degan savollar dolzarb bо‘lib turadi. Ijodiy faoliyatga intilish iqtidorli bolalarning muhim xususiyatlaridan biridir. Ular har doim о‘z shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar va ularni qat’iyat bilan himoya qiladilar. Shuning uchun ham ular о‘z faoliyatlariga quyilgan talablar bilan cheklanmaydilar. Iqtidorli о‘quvchilar har doim topshiriqlarni yechishning yangi yechimlarini izlab topadilar. Bunday о‘quvchilar tabiiy tarzda ta’lim jarayonida yuqori darajadagi mustaqillikka ega ekanliklarini namoyon etadilar. Shuning uchun ham о‘z sinfdoshlariga nisbatan о‘qituvchining yordamiga kamroq ehtiyoj sezadilar. Ota-onalar va о‘qituvchilarning ular faoliyatiga kо‘proq aralashuvi natijasida ularning о‘quv harakatlarida salbiy holatlar kuzatiladi. Buning natijasida ularning mustaqilligi cheklanib, yangi о‘quv materiallarini о‘zlashtirishlariga putur yetadi.  

Iqtidorli о‘quvchilarning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘quv jarayonini tashkil etishda ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash lozim. Iqtidorli о‘quvchilar muayyan о‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini о‘z xoxishlariga kо‘ra tanlashga intiladilar. Ular о‘quv materiallarini tez, chuqur о‘rganishni xohlaydilar va о‘zlarining о‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda iqtidorli о‘quvchilarga mustaqil izlanish, о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga kо‘maklashadigan ixtisoslashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish ehtiyoji mavjud. Shu maqsadda yangi axborot texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Jumladan: internet, masofali va interfaol ta’lim kabilar.

Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida iqtidorli о‘quvchilarni aniqlash, pedagogik jihatdan qо‘llab-quvvatlash va ularga ta’lim berishda turli yondashuvlar va tajribalar mavjud.[2] Jumladan, iqtidorli о‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan о‘quv dasturlarini yaratish va ta’lim muassasalarini tashkil etish sohasida AQShda juda boy ilmiy-amaliy tajriba tо‘plangan. Iqtidorli о‘quvchilarni aniqlash maqsadida tashxislash va testlashtirish sohasida qator yutuqlar mavjud. Iqtidorli bolalarni о‘qitish metodikalari ishlab chiqilgan. Ular uchun ixtisoslashtirilgan о‘quv dasturlari va maxsus tayyorgarlikka ega bо‘lgan о‘qituvchilarni tayyorlash tizimi yо‘lga qо‘yilgan. Mazkur yо‘nalishdagi faoliyatda Fan va ta’lim vazirligi, kо‘pgina universitetlar, kollejlar, mahalliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etadilar. Avstriyada esa, iqtidorli о‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlari yaratilgan va о‘quv jarayoniga joriy etilgan. Bunga maktab va maktabdan tashqari manbaalar jalb qilinib, ular yordamida ixtisoslashtirilgan ta’lim jarayoni boyitiladi va jadallashtiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar hamda keng kо‘lamli tanlovlar va olimpiadalar о‘quvchilarning iqtidorlarini rо‘yobga chiqarishga safarbar etilgan. Davlat dasturi darajasida iqtidorli о‘quvchilarga ixtisoslashgan ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bо‘lgan о‘qituvchilarga kuchli ehtiyojning mavjudligi ta’kidlangan. Belgiya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya kabi rivojlangan Yevropa mamlakatlarining ta’lim tо‘g‘risidagi qonunida iqtidorli о‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish masalasi alohida ta’kidlanmagan. Mazkur mamlakatlarda iqtidorli о‘quvchilar uchun mо‘ljallangan о‘quv-metodik majmualar xususiy ta’limiy tashabbuslar va kurslar darajasida namoyon bо‘ladi. Shu bilan bir qatorda iqtidorli bolalarni rivojlantirish uchun universitetlar huzurida ham ixtisoslashtirilgan о‘quv kurslari tashkil etiladi. Masalan, Germaniyada iqtidorli о‘quvchilar uchun “Nemis maktab akademiyasi” nomli yozgi ta’lim dasturi mavjud. Mazkur akademiyaning asosiy maqsadi – iqtidorli о‘quvchilarning layoqatlarini samarali rivojlantirilishini ta’minlashdan iborat. Ularning о‘z tengdoshlari bilan muloqot qilishlarini ta’minlash, yuqori darajadagi mayllarni hosil qilish, intellektual quvvatlarini muayyan maqsadga yо‘naltirish mazkur ixtisoslashgan akademiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Xitoy, Koreya, Tailand va Singapur kabi janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida iqtidorli о‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmagan. Biroq ulardagi universitetlar huzurida iqtidorli о‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan о‘quv muassasalari mavjud.

Iqtidorli о‘quvchilar bilan ishlashda mustaqil ta’lim dasturlari  alohida ahamiyatga ega. О‘quvchilardagi iqtidorning turli kо‘rinishlarini rivojlantirish maqsadida har bir ta’lim muassasasi huzurida ixtisoslashgan fan tо‘garaklari tashkil etiladi. Kо‘rinib turibdiki, iqtidorli о‘quvchilarga ixtisoslashgan ta’lim beruvchi mamlakatlarda AQSH tajribasi ustivor о‘rin egallaydi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya berishda turli-tuman pedagogik metodlar va shakllardan foydalaniladi. Jumladan: “Magnitli maktablar”, “Hurmat sinflari”, “Darajalanmaydigan sinfla”, “Aralash layoqatli” guruhlarda ta’lim berish kabilar. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish alohida о‘rin egallaydi. Chunki о‘quvchilarning kompyuterda ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish ularning mayllarini oshirib, mustaqil bilim olish va bilish faoliyatlarini rivojlantirishga kо‘maklashadi. AQShda о‘quvchilarga ixtisoslashgan ta’lim berishda turli strategiyalardan faol tarzda foydalaniladi. Shuning uchun ham ushbu yо‘nalishda ixtisoslashtirilgan dasturlari ishlab chiqilgan. Shunday strategiyalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: jadallashtiruvchi (maktabga erta kelishini tezlashtiruvchi, odatdagi sinflarda о‘qishni jadallashtiruvchi, sinfdan-sinfga sakratish, ixtisoslashgan sinflarda о‘qitish, xususiy maktablarda ta’lim berish); boyituvchi (tanlab olingan о‘quv predmeti doirasida imkon qadar jadal yuqori darajadagi bilish faoliyatiga intilish, an’anaviy о‘quv kurslarida qо‘shimcha bilim olish orqali о‘rganilayotgan sohaga oid bilimlarni kengaytirish); fanlararo ta’lim berish (о‘rganish uchun tanlangan mavzu yoki muammoning global xarakter kasb etishi, о‘quv materiali mazmunining yuqori darajada boyitilganligi) kabilar. AQShda о‘quvchilarga ixtissolashgan ta’lim berishda ustozlarning mualliflik dasturlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu о‘rinda ustoz maslahatchi va murabbiy sifatida namoyon bо‘ladi. U о‘quvchi uchun hulq-atvor modelini taqdim qilib, tanqidchi sifatida ularning yutuqlarini kо‘paytirishga о‘z hissasini qо‘shadi. Ustoz о‘quvchilarda nafaqat bilim, kо‘nikma, malakalar hosil qiladi, balki ularda yetakchilik qobiliyatlarini ham shakllantiradi, ijtimoiy hamkorlikka kirishish kо‘nikmalarini hosil qiladi. Tengdoshlari bilan dо‘stona munosabatlar о‘rnatishlari va ijodiy yutuqlarga erishishlari uchun qulay muhitni vujudga keltirishga kо‘maklashadi. Rossiyada ham ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya berishga alohida e’tibor qaratiladi. 2000 yilda hukumat tomonidan “Iqtidorli bolalar” dasturi qabul qilingan. Mazkur dasturning asosiy maqsadi – iqtidorli, talantli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash tizimini vujudga keltirishdan iborat edi. Shu bilan bir qatorda mamlakatning intellektual, ijodiy quvvatlarini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlov asosida aniqlash mexanizmlarini vujudga keltirish nazarda tutilgan. Rus olimlari tomonidan “Iqtidorlilar ishchi konsepsiyasi” ishlab chiqilgan. Mazkur konsepsiyada iqtidorli hamda talantli bolalarni aniqlashning prinsiplari va metodlari nazariy jihatdan asoslangan. Ushbu davlatning siyosatida yuqorida ta’kidlangan barcha yondashuvlar mujassamlashgan. Rossiyada ixtisolashgan ta’lim berishning tarkibiy tuzilmasi sifatida quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin: 1) Maktabgacha ta’lim tizimi – umumiy rivojlantirish xarakteridagi bolalar bog‘chalari, “Bolalarni rivojlantirish markazlari”, bunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. 2) Umumta’lim muassasalari tizimi – bunday ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan sinflarni tashkil etish uchun shart-sharoit yaratilgan. 3) Qо‘shimcha ta’lim tizimi – maktabdan tashqari faoliyat jarayonida iqtidorli bolalarni rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash imkonini beradi. 4) Maktablar tizimi – bunday ta’lim muassasalari ixtisoslashtirilgan maktablardan iborat bо‘lib, bolalarning iqtidorlari va imkoniyatlarini umumiy ta’lim olish jarayonida qо‘llab-quvvatlashga mо‘ljallangan. Bular sirasiga litseylar, gimnaziyalar va tipik bо‘lmagan maktablar kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uchinchi-tо‘rtinchi yondashuvlar bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi bо‘ylab keng tarqalgan. Chunki mazkur yondashuvlar iqtidorli bolalarning bilish va shaxsiy xususiyatlarini о‘rganish imkonini beradi. Qо‘shimcha ta’lim iqtidorli о‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini kengaytirish uchun sharoit yaratadi. Maktabdan tashqari birlashmalar о‘quv dasturlari doirasida о‘quvchilarning qiziqishlarini rо‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim berishda Rossiyada о‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida tо‘rtta yondashuvga amal qilinadi[3]: 1) Jadallashtirilgan ta’lim. Rossiyada bunday yondashuvning ijobiy namunasi sifatida yozgi, qishki oromgohlar, ijodiy ustaxonalar, master-klass mashg‘ulotlarini kо‘rsatish mumkin. Ularda tabaqalashtirilgan dasturlar asosida turlicha iqtidorga ega bо‘lgan о‘quvchilarga jadal ta’lim berish jarayoni amalga oshiriladi. 2) Ixtisoslashtirilgan ta’lim. Muayyan bilim yoki faoliyat sohasiga qiziqadigan о‘quvchilar uchun bunday yondashuv alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham fanlar chuqurlashtiriladigan ta’lim muassasalari keng tarqalgan. Ularda matematika, fizika, xorijiy tillar bо‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beradigan ta’lim muassalari mavjud. 3) Boyitilgan ta’lim. О‘quvchilar о‘zlari qiziqqan faoliyat turlari uchun yetarli darajada shug‘ullanishga bо‘sh vaqt qoldiriladi. Bunda ularning iqtidorlari hisobga olinadi. 4) Muammoli ta’lim. Bunday vaziyatlarda ta’limning о‘ziga xos xususiyati alohida betakror tushuntirish usullaridan foydalanish, yangi fikrlar va umumlashgan usullarni izlashda namoyon bо‘ladi. Bu, о‘z navbatida, о‘quvchilarning turli sohadagi bilimlarni о‘rganishlarida shaxsga yо‘naltirilgan rirvojlantiruvchi yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur vaziyatlarda о‘quvchilarning tahliliy ongi rivojlantiriladi. Intellektual jihatdan rivojlangan о‘quvchilarga ixtisoslashgan ta’lim berishda ijodiy xarakterdagi metodlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bular sirasiga muammoli, izlanishga asoslangan, evristik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik metodlarining mustaqil, individual, guruhli ish usullari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlovchi metodlarni kiritish mumkin. Mazkur metodlar yuqori darajadagi bilish va moyillikka undash quvvatiga ega. Bu о‘quvchilarning bilish darajalari va imkoniyatlarini jadallashtirishga muvofiq keladi.

Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, bugungi kunda О‘zbekiston hukumati shaxsan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev e’tibor qaratayotgan ixtisoslashgan ta’limni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalasi uzoq muddatli strategiyaning yaqqol ifodasi bо‘lib, О‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

  1. Safarova Roxat Gaybillayevna, О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bо‘lim boshlig‘i, p.f.d., professor. E-mail: safarova_roxat@mail.ru
  2. Endi O‘zbekistonda ixtisoslashgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi: Daryo
  3. Андреева Л.Н. Педагогическая технология управления протсессом обучения одаренных детей: Автореф. дис. … канд. пед. наук. – Казан, 2000. –  28 с.
  4. Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения. – М.: Педагогика, 1986. – 239 с.

[1] Энди Ўзбекистонда ихтисослашган мактаблар Президент таълим муассасалари агентлиги тизимида ташкил этилади: Daryo

[2] Андреева Л.Н. Педагогическая технология управления протсессом обучения одаренных детей: Автореф. дис. … канд. пед. наук. – Казан, 2000. –  28 с.

[3]Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения. – М.: Педагогика, 1986. – 239 с.

«Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi » bo’lim xodimlari va doktorantlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumani hamda Xorazm viloyati Gurlan tumanlaridagi maktablarda o’quv jarayonini kuzatib tajriba -sinov ishlarini olib bormoqdalar.