Monthly Archives: Iyun 2023

02Iyun/23

Joriy 2023-yilning 2-iyun kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida onlayn va oflayn shaklda “Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv oʻqitishning psixologik-pedagogik jihatlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.
Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov anjuman ishtirokchilarini tabriklab, raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv oʻqitishning psixologik-pedagogik jihatlariga e’tiborni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.
Anjumanda Chiqchiq davlat pedagogika instituti, pedagogika fanlari doktori, professor Matchonov Safo Mahmudovich “Boshlangʻich sinflarda adabiy ta’lim muammosi”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Xalqaro tadqiqotlar” boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari doktori, professor Quronov Muhammad Quronovich “Pedagogik intensifikatsiya va uning resurslari haqida”, Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori, professor Sharipova Dilyara Jumaniyozovna “Технология и повышение здоровьесбережения и безопасности детей дошкольного возраста в условиях цифровизatsiи образования”, Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU, pedagogika fanlari doktori, professor Nurmanov Abdunazar Tashbayevich “Технологиии эффективного общения как фактор повышения качества образования”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari doktori, professor Safarova Roxat Gaybillayevna “Oʻquvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish parametrlari”, Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori, professor Bulatov Saidaxbor Saidkarimovich “Sherdor madrasasini bezashda Qur’oni Karimdagi “Nahl” surasining oyatlarini konseptual asos qilib olinishining buyuk xikmati va ibrati”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion taʼlim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Xakimova Muhabbat Fayziyevna “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’limda oʻqitish sifatini oshirish omillari”, Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori, professor Xaliqov A’zam Abdusalomovich “Boʻlajak oʻqituvchilarda pedagogik refleksiyani rivojlantirishning ahamiyati”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, pedagogika fanlari doktori, professor Maxmudov Abduhalim Hamidovich “Цифровые технологии как эффективный механизм интенсивного обучения иностранного языка”, Oʻzbekiston milliy universiteti professori, “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlar doktori Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi “Mobil oʻquv lugʻatchiligini rivojlantirishda lingvistik resurslar va raqamli texnologiyalarning oʻrni”, Guliston davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsenti Toshtemirov Doniyor Eshbayevich “Raqamlashtirish sharoitida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, pedagogika fanlari doktori, professor Mardonov Shukurullo Quldashovich “Xorijiy tillarni intensiv onlayn o‘qitish to‘g‘risida”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Xakimova Barno “Дидактические возможности занятий по английскому языку в обучении подростков принимать самостоятельные решения” mavzularida sermazmun ma’ruza qildilar. Barcha qatnashchilar ma’ruzachilarga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib, savol-javob tarzida o’tkazildi.

 295 total views