“Inklyuziv ta’lim-tarbiya metodikasi” ilmiy tadqiqot bo‘limi

Karimov Komil Abduraximovich,
pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent

Telefon: (+998) 91-101-19-85

E-mail: Komiljon.abdurahimovich@mail.ru

“Inklyuziv ta’lim-tarbiya metodikasi” ilmiy – tadqiqot bo‘limining maqsadi

Alohida yondoshuvni talab qiladigan tarbiyaviy jarayonlarni inklyuziya prinsipi asosida tashkil qilish metodikalari, strategiyalari va pedagogik texnologiyalari yaratiladi.

“Inklyuziv ta’lim-tarbiya metodikasi” ilmiy tadqiqot bo‘limining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi ilg‘or ilm-fan talablariga javob beruvchi tadqiqotlarni amalga oshirish;

– doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishlari va avtoreferatlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

– uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, shuningdek uslubiy qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

– bo‘limda magistrant-talabalarning malakaviy amaliyotini olib borish, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

–  doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishni tashkil etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlarni ta’minlash;

– tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

– ilmiy xodimlarning ilmiy va kasbiy kompetensiyalarini muntazam oshirib borish, ularning raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlarini ta’minlash, bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini institut ilmiy seminarida muhokama qilish;

– institutda o‘tkaziladigan konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarni tashkil etish;

– ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun respublika ilmiy-tadqiqot loyihalar grantlari tanlovlari asosida ilmiy loyihalar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga topshirish.