Telefon: (+99871) 255-56-96,(+99893) 503-52-07
E-mail: liya_2305@gioresml
DAVLAT MUKOFATLARI
2016-yil «XALQ MAORIFI A’LOCHISI» ko’krak nishoni
“Mahalla – oila – maktab hamkorligi” ilmiy tadqiqot bo‘limining maqsadi
“Mahalla – oila – maktab hamkorligi” Konsepsiyasi zamon talabidan kelib chiqib, yangilanadi. Bo‘lim ushbu asosda mahallalar, oilalar va maktablarda amalga oshirilayotgan milliy tarbiya jarayonlarini ilmiy tadqiq qiladi. Mahallalarning milliy tarbiyaviy resurslarini tiklaydi. Ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas’uliyatini oshirishning ilmiy-asoslangan strategiyalarini ishlab chiqadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘quvchilarga ta’lim va milliy tarbiya an’analarini singdirish, maktab o‘uvchilarining ota-onalari va o‘qituvchilar fikr mulohazalarini o‘rganish, ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligini ta’minlash va ular uchun yordamchi metodik xizmatni tashkil etish borasidagi ustivor muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida milliy tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini ta’minlash uchun ota-onalar va o‘qituvchilar uchun tarbiyaga oid metodik va ommabop adabiyotlarni yaratishi, xalqaro dastur talablari asosida takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
Milliy tarbiyaga yo‘naltirilgan metodik va ommabop adabiyotlar ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat jihatdan xalqaro talablarga mos ravishda yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqish, takomillashtirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishni tashkil etish;
bo‘limga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar ta’lim bosh boshqarmasi, tuman (shahar) ta’lim bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan metodistlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
ota-onalar va o‘qituvchilar uchun tarbiyaga oid metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish uchun soha mutaxassislari va tuzuvchilar bilan hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish;
ota-onalar va o‘qituvchilar uchun tarbiyaga oid metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish uchun mualliflar guruhini shakllantirish, ekspertiza guruhini tashkil etish;
yaratilgan metodik va ommabop qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish, metodik mahsulotlarni milliy tarbiya va metodik talablarga mosligi bo‘yicha xulosalarni umumlashtirish;
ota-onalar va o‘qituvchilar uchun tarbiyaga oid metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish va boradagi ijobiy tajribani ota-onalar va ta’lim muassasalarida keng ommalashtirish;
ota-onalar orasida farzandlariga milliy tarbiya an’analarini singdirish, o‘rgatish bo‘yicha metodik materiallar, shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan milliy tarbiya elementlarini o‘quv jarayonida hamohangligini ta’minlash va yuksak darajada ta’lim-tarbiya berishlari, milliy ta’lim-tarbiya bo‘yicha ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik mahsulotlar yaratish, yaratilgan metodik va oppabop mahsulotlarni ommalashtirish maqsadida ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar, seminar-treninglar tashkil etish;
tegishli metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish bo‘yicha mavjud metodik qo‘llanmalar, didaktik va ta’lim resurslarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish, bazasini yaratish, boyitib borish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
milliy ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi ta’limga doir ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, ota-onalar va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida ommalashtirish bo‘yicha muntazam ish olib boradi.
Bo‘lim mudirining lavozim yo‘riqnomasi
Bo‘limning faoliyatiga rahbarlik qiladi va u quyidagilarni bajarishga mas’ul hisoblanadi:
ilmiy bo‘limning yillik ish rejasini tuzadi, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarida ilmiy bo‘limlar, markazlar va bo‘lim xodimlarining sohaga oid muammolarini yechishga doir loyihalari bilan ishtirokini ta’minlashni tashkil qiladi;
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullarini qo‘llashda ilmiy bo‘limlar va bo‘limlar bilan ishlarni tashkillashtiradi;
ilmiy bo‘limlar bilan hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida bo‘layotgan yangiliklar, o‘qitishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, bu borada boshqa davlatlardagi tajribalarni o‘rganish va uni amalda qo‘llash borasida institut rahbariyatiga asoslangan takliflar tayyorlaydi va vakolatlari darajasida ularning ijrosini ta’minlaydi;
ilmiy bo‘lim xodimlari ishlarini taqsimlaydi va ularning mehnat faoliyatini nazorat qiladi;
xodimlarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini oshirishi va ish natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho beradi hamda ularni rag‘batlantirish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
ilmiy bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi.