
“Uzluksiz ta’lim” jurnali bosh muharriri, pedagogika fanlari doktori, akademik
E-mail: uzpfiti2005@mail.ru
Davlat mukofotlari:
1981 yil, “Mehnatda o’rnak ko’rsatgani uchun“ medali
1986 yil, “Mehnat qizil bayroq” ordeni
1996 yil, T.N.Qori-Niyoziy nomidagi medali
1999 yil, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va rag’batlantirish fondining A.G.Nebolsin Xalqaro mukofoti laureati
2003 yil, “Do’stlik” ordeni
2001 yil, “Mustaqillikning 10 yilligi”,
2011 yil, “Mustaqillikning 20 yilligi” ko’krak nishonlari.
«Ta’lim menejmenti» bo‘limi mudurining funksional vazifalari
- Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim menejmentini takomillashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
- Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim menejmentini rivojlantirish tendensiyalarini ishlab chiqish.
- Ta’lim muassasalarida ta’lim menejmentini joriy qilishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish.
- Ta’lim muassasalarida ta’lim menejmentini joriy qilish mexanizmlarini (ta’lim natijalarini loyihalash, ta’limni tashkil etish, monitoring va diagnostika qilish, korreksiyalash, baholash) takomillashtirish.
- Ta’lim menejmenti samaradorligini baholash mezonlarini zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirish.
- Xalqaro tajribalar va ilmiy izlanishlarga muvofiq ravishda ta’lim menejmentining dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish.
- Tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida seminarlar va davra suhbatlari, onlayn muloqotlarni tashkil etish.
Ilmiy ishlari
РАБОТА УЧЕНИКОВ НА УРОКАХ МАЛЫМИ ГРУППАМИ
«Bularus-Uzbek» ilmiy metodik jurnalining 2021-yi, 1-sonida O‘zPFITI bo‘lim mudiri, p.f.d., akademik Risboy Djurayevning kichik guruhdagi o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini nazariy-amaliy jihatdan yoritishga qaratilgan maqolasi e’lon qilindi.
Komillikning belgisi

Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning rivoji
«Xalq ta’limi» jurnalining 2021 yil, 6-sonida O‘zPFITI bo‘lim mudirlari p.f.d., академик Risboy Djurayev va p.f.n. Muhayyo Inoyatovalarning “Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning rivoji” nomli maqolasi e’lon qilingan. Maqolada Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning bugungi takomilida davlat rahbarimizning tutgan o‘rni, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash haqida fikr yuritilgan.
Akademik Risbay Djurayev 11.03.2022 kuni DSc.03|30.122019.Ped.4801. Raqamli ilmiy kengashda HIMOYAda kengash raisi sifatida ish olib bordilar.
