Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari

Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna
Pedagogika fanlari doktori DSc

Telefon: (+998) 90 – 231-03-11
E-mail: hilol0311@mail.ru

Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining majburiyatlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
  • Uzluksiz ta’lim sohalari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini takomillashtirilishida faol ishtirok etish va ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori tasdiqlangan reja-buyurtma, Innovatsion rivojlanish vazirligi, boshqa vazirliklar, idora va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bo‘lim va ilmiy laboratoriyalardagi ilmiy tadqiqot mavzu rejalarini tuzishni tashkil etish va amalga oshirish, bajarilishini ta’minlash;
  • institutning ilmiy laboratoriyalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlari natijalarining samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, o‘quv va ilmiy-metodik ishlanmalarni turli yarmarka va ko‘rgazmalarda taqdimotini ta’minlash;
  • laboratoriya xodimlarining shaxsiy ish rejalarini o‘z vaqtida tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish;
  • ilmiy ishlar materiallari, shu jumladan, jurnallar, ilmiy ishlar to‘plamlarini institut ilmiy xodimlari, ilmiy izlanuvchilari tomonidan tayyorlanishi va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borishga umumiy rahbarlik qilish;
  • ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda institut ilmiy xodimlari va ilmiy izlanuvchilarining qatnashishini ta’minlash, institutda amalga oshirilgan samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • institutda doktoranturani rivojlantirish, tayanch doktorantura va doktorantura shuningdek, mustaqil izlanuvchilar orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash hamda institut ilmiy xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishga tavsiya qilish va ixtisoslashgan kengashlarning ochilishi bo‘yicha taklif tayyorlash;
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
  • institut xodimlari, ilmiy izlanuvchilarni ta’lim va ilmiy muassasalari yuksak taraqqiy etgan xorijiy davlatlarga  malaka oshirish hamda ilmiy stajirovkaga yuborish yuzasidan institut direktoriga taklif tayyorlash, shuningdek, institutda xorijiy tashkilotlar va ularning vakillari ishtirokida tadbirlarning (anjuman, seminar, uchrashuv, suhbat va h.k.) o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash;
  • laboratoriyalar ilmiy hisobotlari asosida institutning umumiy ilmiy hisobotini tayyorlash va Ilmiy kengashda hisobot berish;
  • institut ilmiy faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan zarur moddiy texnika baza, tegishli ilmiy asbob-uskunalardan samarali foydalanish va asrash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
  • vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mohiyatini ilmiy xodimlar va ilmiy izlanuvchilarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirishga boshchilik qilish;
  • huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
  • mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni institut ilmiy jamoasiga yetkazish tizimini  tashkil etish;
  • ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • institutda sport musobaqalarini tashkil etishga boshchilik qilish;
  • ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrlagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-sonli Qarori hamda muvofiq  ijro, mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib-qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;
  • institut direktori bo‘lmagan vaqtda, zaruriyatga ko‘ra o‘rniga institutga rahbarlik qilish va tegishli vazifalarni bajarish.

Malaka talablari:

  1. professor
  2. fan doktori
  3. fan nomzodi