“Uzluksiz ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

Anjumanni T.N.Qori  Niyoziy  nomidagi  O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor  X.I.Ibraimov anjuman ishtirokchilarini tabriklab, tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzusini innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

Turon fanlar akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor J.O.Tolipova “Uzluksiz ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishning  zamonaviy  yondashuvlarini tizimlashtirish muammolari”, Farg‘ona  davlat  pedagogika  universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Sh.A.Mamajonov “Oliy  ta’limda  ekologik  tarbiya mexanizmlarini rivojlantirish texnologiyalari”,  T.N.Qori  Niyoziy  nomidagi  O‘zPFITI  bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim  L.M.Qaraxonova “ Tabiiy  fanlarning  o‘qitilishiga  raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish”,  Respublika  ta’lim  markazi  Aniq  va  tabiiy fanlar  bo‘limi  boshlig‘i,  pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Z.B.Sangirova “Tabiiy  fanlarni  o‘qitishda  STEAM yondashuv asosida o‘quv-loyiha ishlarini tashkil etish”, TDPU  Tabiiy  fanlar  fakulteti  «Kimyo  va  uni o‘qitish  metodikasi»  kafedrasi  dotsenti  v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  I.E.Shernazarov  “Bo‘lajak  kimyo  o‘qituvchilarini  xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasini takomilashtirish”,  ToshPTI  akademik  litseyi  biologiya  fani o‘qituvchisi,  pedagogika  fanlari  bo‘yicha  falsafa doktori (PhD)  I.Yu.Abduraxmonova “Biologiya  fanini  o‘qitishda  o‘quvchilarning amaliy faoliyatini tashkil etish”,  Respublika ta’lim markazi  metodisti J.A.Raxmatov “An’anaviy  ta’limdan  STEAM  ta’limiga o‘tish davr talabi”,  Toshkent shahar Sergeli tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchisi M.K.Yo‘ldosheva “Tabiiy  fanlarni  o‘qitish  va  o‘rganishda qiziqarli pedagogika”,  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti Z.Sh.Uchkurova “Oliy  ta’limda  mustaqil  ta’lim  faoliyatini samarali tashkil etishga innovatsion yondashuv” mavzularida sermazmun ma’ruza qildilar. Barcha qatnashchilar ma’ruzachilarga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib, savol-javob tarzida mazmunli o’tdi.

 472 total views,  1 views today