Daily Archives: 07.04.2023

07Apr/23

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlab “BUYUK AJDODIMIZGA EHTIROM” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 7-mart kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlab “BUYUK AJDODIMIZGA EHTIROM” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Sohibqiron Amir Temur – ilm-fan homiysi, ma’naviyat va ma’rifat me’mori”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof.
R.G.Safarova “ Sohibqiron Amir Temurning xotin-qizlar va oilaga bo‘lgan munosabatining tarbiyaviy ahamiyati” , T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor M.Q.Quronov “Sohibqiron Amir Temurning drayver kompetensiyalari va zamon”, O‘zbekiston Tarix muzeyi ilmiy xodimi M. Xasanova “Роль Амира Темура в мировой истории”, O‘zbekiston Tarix muzeyi ilmiy kotibi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dotsent A.Ismailov “Tarix fanlarini o‘qitishda Amir Temur shaxsiyati: kecha va bugun”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim L.M.Qoraxonova “Sohibqiron Amir Temurning hayoti yoshlar uchun ibrat namunasi”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) “Amir Temur madaniyat va san’at homiysi”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI erkin tadqiqotchisi Z.B.Usmanova “Amir Temur shaxsiyatini o‘rganishda mass-media mahsulotlari o‘rni va ahamiyati”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI doktoranti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) N.Masharipova “Amir Temur faoliyati o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashlashni rivojlantirish manbai sifatida” mavzularidagi ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, Temurbeklar maktabi hamda 201-umumta’lim maktabi o’quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Amir Temurning boshqa sarkardalardan farqi shundaki, u umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan. Uning “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta daraxt ektirdim” degan so’zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig’idir. “Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing” deganda Amir Temur, avvalo, o’z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan desak yanglishmaymiz.

 386 total views,  2 views today