Yearly Archives: 2022

28Iyun/22

 “YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – MENING KONSTITUTSIYAM”

2022-yil 28-iyun kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida “YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – MENING KONSTITUTSIYAM” deb nomlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirda quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruzalar tinglandi hamda kostitutsiyaviy islohotlar institut jamoasi tomonidan qo’llab quvvatlandi.

1.Yangilanayotgan  konstitutsiyada ijtimoiy masalalarning ifodalanishi

Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov

2. Konstitutsiyaviy islohotlarda ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar

Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, p.f.d., prof.  R.G.Safarova

3. Yangilanayotgan konstitutsiyada davlatning siyosiy qurilishi bilan bog‘liq masalalarning ifodalanishi

Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, p.f.d., prof.  M. Quronov

4. Konstitutsiyaviy islohotlarda – bolalikning muhofazasi

Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti  N.Jalilova

5. Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar sog‘lom turmush tarziga oid faoliyatni rivojlantirish manbai sifatida

Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI Doktoranti   S.Ibragimov

 573 total views

14Iyun/22

O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Pedagogika va psixologiya fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashida a’zolar sifatida faoliyat yuritishmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 15-fevraldagi 40-son buyrug‘iga 13-ilovaga asosan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Pedagogika va psixologiya fanlari” bo‘yicha ilmiy-texnik kengash a’zolari sifatida pedagogika fanlari doktori, professorlar X.Ibraimov, R.Safarova hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim D.Madjidova (ilmiy kotib) faoliyat olib borishmoqda.Mazkur kengashda ekspertlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq e’lon qilingan tanlovlarga kelib tushgan loyihalar ilmiy ekspertizasini amalga oshiradilar.

 485 total views

09Iyun/22

Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha seminar

8 iyun kuni Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida Toshkent davlat pedagogika universiteti va Respublika tashhis markazi hamkorligida inklyuziv taʼlim masalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda O‘zPFITI Inklyuziv taʼlim bo‘limining metodik yordami asosida, inklyuziv taʼlim joriy etilgan 55-umumtaʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdilar.Treningda soha mutaxassislari inklyuziv taʼlimning O‘zbekiston maktablariga joriy etilishiga doir maʼlumotlarni yoritib berdilar.

 1,214 total views

08Iyun/22

Bugun «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limida tayanch doktorantlar va doktorantlarning 6-oylik hisobotlarini taqdimotlari o‘tqazildi.

 466 total views,  1 views today

05Iyun/22

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum

Joriy yilning 3-iyun kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanlari va ta’lim sohasidagi innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda amaliyotga joriy etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 468 total views,  1 views today

26May/22

2022-yil, 26-may kuni Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni (2022 yil 11 may) hamda ushbu Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori keng muhokama qilinib, tegishli bandlar bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, endilikda institut xodimlari intizomi va mehnat faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha xalqaro baholash indikatori – KPI (Key Performance indicators) tizimiga o‘tilishi muhokama qilinib, uning mazmuni va mohiyati ochib berildi.

 540 total views,  2 views today