O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum

Joriy yilning 3-iyun kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanlari va ta’lim sohasidagi innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda amaliyotga joriy etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 137 total views,  1 views today