Yearly Archives: 2022

23Sen/22

DIQQAT DOKTORANTURAGA QABUL BOSHLANDI

DIQQAT DOKTORANTURAGA QABUL BOSHLANDI
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi:
🔹13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
🔹13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
📑 Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan-15-oktabriga qadar Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
👨🏻‍🎓Talabgorlar: http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
📍Institut manzili: Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi 3-uy (TDPU Fizika-matematika fakulteti binosining 1-qavati)
📞Telefon: (71) 254-63-21
Mas’ul: M.Umaraliyeva – ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Tel: +998 97 427 26 67
❗️ T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

 467 total views

16Sen/22

“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova joriy yil 15-sentabr kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan – “O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, O‘zbekistonda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti vakillari, ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Konferensiyada gender tengligini taʼminlash borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassis hamda ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha tajriba almashishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

 980 total views

16Sen/22

“ТОШМУХАММАД НИЁЗОВИЧ КАРИ-НИЯЗИ – РЕФОРМАТОР НАУКИ И ПРОСВЕЩЕНИЯ”

Joriy yilning 2022-yil 15-sentyabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida “ТОШМУХАММАД НИЁЗОВИЧ КАРИ-НИЯЗИ – РЕФОРМАТОР НАУКИ И ПРОСВЕЩЕНИЯ” mavzusida akademik T.N.Qori Niyoziyning nabirasi Qori Niyozov Shavkat Shavkativich bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatini Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov olib bordi, akademik haqida o’z fikr mulohazlarini bildirdi. “Ta’lim menejmenti” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., akademik Djurayev Risbay Xaydarovich «Основатель крупного педагогического центра и общеоброзовательных школ», «AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI» ilmiy markaz asoschisi Qori Niyozov Shavkat Shavkativich “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI”, “Aniq fanlar va raqamli ta’lim texnologiyalari” bo’lim mudiri Maxmudov Abduxalim Xamidovich «Многогранность и многовекторность академика Т.Н. Кары-Ниязова», tayanch doktoranti Djalilova Nilufar Toxirovna «Поучительная школа Кари Ниязи» mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. Davra suhbati samimiy va chuqur fikir mulohazalarga boy tarzda yakunlandi.

 341 total views

30Avg/22

“Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida, “UCHINCHI RENESSANS PEDAGOGIKASI – INSON KAMOLOTI OMILI” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir

[Переслано от Dilrabo opa ped]
Joriy yilning 2022-yil 29-avgust kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug’ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida.
“Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida, “UCHINCHI RENESSANS PEDAGOGIKASI – INSON KAMOLOTI OMILI” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov ochib “Mustaqillik yillarida ta’lim sohasidagi yuksalishlar” haqida ma’ruza qildi. So’ngra “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor Safarova Roxat Gaybillayevna “Mustaqillik yillarida pedagogika fanining taraqqiyoti: muammolar va yechimlar” mavzusida, “Xalqaro tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor Quronov Mаxammad Quronovich “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiorining mohiyati mavzusida, “Tillarni intensiv o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor
Mardonov Shukrulla Qo‘ldashevich “Mustaqillik yillarida qadriyatlar nazariyasi va amaliyotining taraqqiyoti” mavzusida, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti Todjibayeva Komila Sobit qizi “Yangi O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruza qildilar. Tadbir ko’tarinki ruh va bayramona kayfiyatda badiiy qism bilan yakunlandi.

 540 total views

24Avg/22

“Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar taʼlimida innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zPFITI hamkor tashkiloti Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashabbusi bilan (RBIMM) “Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar taʼlimida innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zPFITIning “Inklyuziv taʼlim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova va institut tayanch doktoranti Tadjibayeva Kamila ishtirok etishdi. Mazkur konferensiyaning maqsadi maxsus va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarga taʼlim-tarbiya berish, ijtimoiy himoya qilish va moslashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, RBIMM, Tashxis markazi mutaxassislari, JICA, Yevropa Ittifoqi, Turkiya xalq taʼlimi vazirligi vakillari, vakillari hamda Sankt-Peterburg Gersen nomidagi RDPU, Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika va inklyuziv taʼlim” fakulteti, Abay nomidagi Kozog‘iston milliy universiteti professorlari, ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktorlari va boshqa mutaxassislar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 1,014 total views,  1 views today

17Avg/22

T.N.Qori Niyoziy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “TOSHMUXAMMAD NIYOZ O‘G‘LI QORI NIYOZIY – ILM-MA’RIFAT DARG‘ASI” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Ilmiy- amaliy anjumanni  Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov ochib berdi. Kirish so‘zida: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori, f.-m.f.d., akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedgogika universitetining  ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektor Abdullayeva Barno Sayfiddinovna “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor texnika fanlari doktori, professor Xudayarov Baxtiyor Alimovichlar  Toshmuxammad Niyoz o‘g‘li Qori Niyoziy haqida o’z fikrlarini bayon etdilar.

So’ngra  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Ta’lim menejmenti” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., akademik Djurayev Risbay Xaydarovichning  “Yirik pedagogik markaz va umumta’lim maktabi asoschisi”,  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovichning “ Akademik Toshmuhammad Qori Niyoziyning hayoti va ijodi – buyuk tarbiya o‘chog‘I”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof. Safarova Roxat Gaybillayevnaning “ Qori Niyoziy – millat fidoyisi”, Toshkent Davlat Texnika Universiteti «Oliy matematika» kafedrasi professori, f.-m. f.n  dotsent,  Yusupov Abdulaziz Ibragimovichning “T.N.Qori Niyoziyning matematika fanini tadbiqiy o‘qitish haqidagi qarashlari va uning hozirgi davrdagi ahamiyati”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti Djalilova Nilufar Toxirovnaning “Qori Niyoziyning ibrat maktabi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

 603 total views

28Iyul/22

Hamkorlik memorandumi imzolandi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 2022 yil 27 iyul kuni A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga о‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi. Ikkala institut о‘rtasida ilmiy-tadqiqot, о‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanlari va ta’lim sohasidagi innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda amaliyotga joriy etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 469 total views,  1 views today

16Iyul/22

Xalq ta’limi vaziri Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘ldi

Joriy yilning 15 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘ldi. Dastlab, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti binosining moddiy-texnik bazasi, tarix va matematika fakulteti holati bilan tanishildi. So‘ngra Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasida bo‘lib, mazkur muassasa jamoasi va rahbari bilan yaqindan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida pedagogik jamoaga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

 478 total views