Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasini barcha vatandoshlarimiz singari  T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining barcha ilmiy xodimlari hamda doktorantlari  diqqat va katta hayajon bilan tingladilar. Ushbu murojaatnoma asosida joriy yilning 23 – dekabr kuni davra suhbati o’tkazildi. O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning bugungi tarixiy murojaatida mamlakat ertasi, xalq farovonligiga daxldor masalalarni o‘rtaga tashlaganligi, ko‘tarilgan har bir masalaga esa o‘ziga xos, uzoqni ko‘zlagan yechimlar ko‘rsatilganligi va kelgusi 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligini o’z ma’ruzalarida bayon etdi. Pedagogika fanlari doktori, professor R.G. Safarova esa Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining katta qismi ta’lim masalalariga qaratilganligi, bu albatta, tizim mas’ullari va xodimlariga katta mas’uliyat, javobgarlik yuklashini ta’kidladi.

 461 total views,  1 views today