2022 yil 24 may kuni.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bо‘limlari huzuridagi kengaytirilgan seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.
Seminarda institutning 3 bosqich tayanch doktorantlari: Taylakova Guli Bekmuratovnaning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, hamda Shermanova Feruza Djumaboyevnaning 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalaning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish” mavzularidagi pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalari muhokamasi bо‘lib о‘tdi.

 225 total views,  2 views today