Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

2023- yil 20-fevral kuni “Hilton Toshkent City” mehmonxonasining katta zalida T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tomonidan “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya “Scince and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanga dunyoning nufuzli Universitet hamda institutlaridan professor o‘qituvchilar, olimlar, jumladan, Akademik Babajan G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti, Azimova Mashhuraxon Xojiyevna, Amity universiteti dotsenti (Hindiston), Anita Banerjee, Linkoln Universiteti, Malaysiya (Shri-Lanka)dan SMBM Arshadlar ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 183 total views,  1 views today