“Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar

T.N.Qori  Niyoziy  nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida  2023-yil  14-fevral  kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda maktab ta’limi va pedagogika fanining dolzarb vazifalari hamda  “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan  “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar o’tkazildi.

Ilmiy seminarni Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat pedagogika  universiteti  rektori,  tarix  fanlari doktori, professor A.K.Qirg‘izboyev kirish so’zi bilan boshlab berdilar. O’z nutqida bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomil­lashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish kerakligini ta’kidlab, til o’rganish ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishish masalasi borasida to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da komporativ pedagogikaning ustuvor vazifalari”, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof.  R.G.Safarova  “Uzluksiz  ta’lim  tizimi modernizatsiyasida xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganishning  nazariy  va  amaliy ahamiyati”, “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i,  pedagogika fanlari doktori, professor  M.Q.Quronov “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro  tajribalar  konvergensiyasining xususiyatlari”,  “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim L.M.Qoraxonova “Quchoq  ochib  maktablarga boraylik!”  ilmiy-metodik innovatsion loyihasi taqdimoti, 2-bosqich tayanch doktorant T.V.Mamadaliyev “Ta’lim  sifatini  oshirishda  raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari”, 3-bosqich tayanch doktorant  K.S.Todjibayeva “Inklyuziv ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari”, 1-bosqich tayanch doktorant D.X.Kamoljonova “Maktab  o’quvchilarini  ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bolalar nashrlarining roli”  mavzularida ma’ruzachilarning nutqlari tinglandi. 

Tashkil etilgan mazkur ilmiy-seminardan barcha ishtirokchilar o’zlari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 303 total views,  2 views today