Category Archives: Yangiliklar

28Fev/22

Seminar

Toshkent shahar, Bektemir tumani 228-umumiy orta ta’lim maktabida Bektemir tumani Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zPFITI Ilmiy-pedagogik каdrlar tayyorlash bo‘limining tashkillashtirishi asosida TDPU va O‘zPFITI hamkorligida seminar o‘tkazildi.
Davomini o’qish

 573 total views

24Fev/22

Komillikning belgisi

haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir

Mamlakatimizda har yili muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha yil dasturi qabul qilinadi. Bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlandi. Shunga binoan, Davlat dasturi amalga oshirilyapti. Bu yilgi Davlat dasturining ko‘lami ham, marralari ham oldingilaridan ancha salmoqli, yuksak. Buni belgilangan chora-tadbirlar ijrosi uchun avvalgi yillardagiga nisbatan qariyb bir yarim barobardan ziyod mablag‘  ajratilgani ham ko‘rsatib turibdi.

Davomini o’qish

 2,935 total views

24Fev/22

“Yosh akdemiklar” konkursi

Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi 345 -umumiy oʼrta ta’lim maktabida iqtidorli oʼquvchilarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Yosh akdemiklar” konkursi oʼtkazildi. Tadbirda OʼzPFITI “Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash” boʼlimi boshligʼi M.А.Umaralieva va tayanch doktorantlar ishtirok etishdi.

Davomini o’qish

 765 total views

09Fev/22

Hamkorlik memorandumi imzolandi

2022 yil 7 fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Qori Niyoziy ilmiy-metodik markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUM imzolandi. Ikki tamonlama o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Davomini o’qish

 795 total views

08Fev/22

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti va  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida “Odamiy ersang…” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy anjumani bo’lib o’tdi

Jahon she’riyat hazinasini durdona asarlari bilan boyitgan, Xusayn Bayqaro saltanatida davlat arbobi sifatida bunyodkorlik va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar olib borgan, amalga oshirgan ishlari sababli «amiri kabir» (ulug’ amir), «amiri muqarrab» (eng yaqin amir) unvonlariga sazovor bo’lgan g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligi, xalqimizning suyukli farzandi, jahonga mashhur shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi  munosabati bilan 2022 yil 8 fevral kuni soat 10-00 da T.N.Qori Niyoziy nomli O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlari hamkorligida “Odamiy ersang” mavzusida ilmiy-ma’rifiy anjuman o’tkazildi.

Davomini o’qish

 845 total views