«Konstitutsiya baxtimiz tayanchi» shiori ostida tadbir tashkil etildi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 8-maktab hamkorlikda 7-dekabr sanasida «Konstitutsiya kuni» munosabati bilan «Konstitutsiya baxtimiz tayanchi» shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda institutning barcha boʻlim mudirlari, tayanch doktorantlar ishtirok etib, maʼruza va davra suhbatlari tashkil etildi. Yuqori sinflar tomonidan sahna koʻrinishlari va musiqali chiqishlar taqdim etilib, tadbir davomida bayramona kayfiyat davom etdi.
Tadbirdan soʻng institut professor oʻqituvchilari va doktorantlari maktab faoliyati bilan tanishdilar.

 226 total views,  1 views today