“Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti” ilmiy tadqiqot bo‘limi Bo‘lim boshlig‘ p.f.d., professor A.X. Maxmudov
Bo‘lim faoliyati quyidagi maqsadga qaratilgan
“Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti” ilmiy tadqiqot bo‘limi. (Maktablarda o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlar uchun raqamli kontentlar va texg‘nologiyalar ishlab chiqiladi. Ularni amaliyotga tatbiq etish strategiyalari ishlab chiqiladi. Natijada ta’lim va tarbiya jarayonlari yagona maqsad atrofida birlashtiriladidi. Ta’lim va tarbiya jarayonlari raqamlashtiriladi).
Vazifalar:
Raqamli ta’lim mazmuni(kontentlar) turli formatlarda taqdim etilishi nazarda tutiladi:
Matnli materiallar: kompyuter, planshet yoki boshqa elektron qurilmada o‘qish va o‘rganish mumkin bo‘lgan darsliklar, maqolalar, kitoblar, eslatmalar va boshqa matn manbalari.
Multimedia materiallari: Video darsliklar, audio yozuvlar, animatsiyalar, interaktiv taqdimotlar va boshq. Bular yerdamida ta’lim mazmunini anglash, tasavvur qilish, tushunish va o‘rganish imkoniyatlari oshadi.
Raqamli ta’lim texnologiyalar sifatida qo‘yidagilar nazarda tutiladi:
Virtual muxit: o‘quvchilarga 3D modellar, simulyatsiyalar va vizual tasvirlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin bo‘lgan immersiv ta’lim muhitini yaratish uchun virtual muxitni yaratuvchi texnologiyalaridan foydalanish.
Interfaol mashqlar va topshiriqlar: interaktiv mashqlar, savol-javoblar, so‘rovnomalar va boshqa vazifalarni taklif qiluvchi raqamli platformalar, bu o‘quvchilarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish, fikr-mulohazalar bilan almashish va interfaol usulda o‘rganishni davom ettirish imkonini beradi.
Onlayn kurslar va elektron ta’lim platformalari: o‘quvchilargamateriallarni o‘z tezligida va istalgan joydan o‘rganishga imkon beradigan, turli mavzular va fanlar bo‘yicha tuzilgan tarkib va o‘quv materiallarini taklif qiluvchi Interaktiv kurslar va platformalar.
Ularni amaliyotga tatbiq etish strategiyalari ishlab chiqiladi. Natijada ta’lim va tarbiya jarayonlari yagona maqsad atrofida birlashtiriladi. Ta’lim va tarbiya jarayonlari raqamlashtiriladi.
2024 йил 21 июндаги Президентимизнинг Қори Ниёзи номидаги Тарбия педагогикаси миллий институтини ташкил этиш тўғрисидаги №232 сонли Қарори ҳалқимиз томонидан катта кувонч ва кўтаринги рух билан кутиб олдинди десак муболаға бўлмайди. Чунки қарорда хозир кунинг ўта долзарб муаммоси – ёшларнинг тарбия масалаларига урғу берилган хамда аниқ мақсад ва вазифалар белгиланган. Хусусан ёшлар тарбияси соҳасининг илмий методик таъминотини амалга ошириш, замонавий методика ва технологияларни ишлаб чиқиш ва амалиётга тадбик этиш тизимини йўлга қўйиш вазифалари белгиланган.
Шу билан бирга Институт рақамли технологиялар инфратузилмасини ривожлантириш мақсадида ота-оналар, ўқитувчилар ва ўқувчилар учун ёшлар тарбиясига оид рақамли контентларни жойилаштириш учун “milliytarbiya.uz” электрон платформаси ва унинг мобиль версиясини ишлаб чиқиш хамда уни замонавий ва қизикарли контентлар билан мунтазам равишда янгилаб бориш вазифалари юклатилган.
Институт томонидан ишлаб чиқилган методик тавсиялар асосида ёшлар таълим тарбиясига бағишланган подкаст, видеоконтентлар яратиш ва оммавий ахборот воситалари орқали ёритиш ишларини тизимли ташкил қилиш вазифалари хам белгилаб қўйилган. Қарорда Миллий тарбия бўйича контентларн яратиш, тарқатиш ва оммалаштириш мақсадида Институт замонавий компьютер техника воситалари билан таъминлаш ва Институт ҳузурида мультимедиа студиясини ташкил этилиши кўзда тутилган
2804-Article-Text-5425-1-10-20201213
п.ф.д. А.Махмудов хаммуаллифликдаги маколаси скобус базасидаги нашрда чоп этилди. Нашр линки