Monthly Archives: Mart 2022

30Mar/22

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bo’limlari huzuridagi kengaytirilgan seminarning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

2022 yil 30 mart kuni soat 10.00 da T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bo’limlari huzuridagi navbatdagi kengaytirilgan seminar yig’ilishida 3 nafar tadqiqotchi-talabgorlarning tadqiqot ishlarining dastlabki muhomasi bo’lib o’tdi. Dissertatsiya muhokamasida seminar raisi va a’zolari, institutning tayanch doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilar va stajerovkadagi magistrantlar ishtirok etishdi.

Quyida kengaytirilgan seminar yig’ilishining kun tartibi va fotolavhalar keltiriladi.

Davomini o’qish

 1,639 total views

28Mar/22

Yurtimizda “Navro‘z” shukuhi!

Bugun 28 mart kuni Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetida “Navro‘z” umuxalq bayrami juda katta tantana bilan tashkil etildi. Bayramga universitetning barcha fakultetlari Respublikamizdagi barcha viloyatlarning qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan sahna bezaklari, kiyim va taomlarini namoyishi bilan yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Davomini o’qish

 796 total views

24Mar/22

Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi

Ma’lumki, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o’zida yaqqol mujassam etgan Navro’zi olam eng qadimiy va ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Navro’z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha etib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko’rinadiki, u O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistonda Ahmoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng nishonlangan. Shu ma’noda Navro’zning tarixini 25-30 asrga teng deb taxmin qilish mumkin. Islomgacha bo’lgan davrda Navro’z bayrami kuni odamlar hayotning totli bo’lishini tilab, yaqinlariga shirinliklar hadya qilishgan, farovonlikda yashashni istab bir-birlariga suv sepishgan. Zardushtiylar ushbu bayramni sovuq qishdan qutulib, bahorga etishganlariga shukrona qilib gulxan atrofida nishonlashgan. Keyingi asrlarda Navro’z kunlarida hovli-joylarni tozalash, ko’kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do’stlarni yo’qlash odat tusiga kirgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi farmonida bu yil bayramni “Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g’oya asosida nishonlash zarurligi ta’kidlandi.

Davomini o’qish

 658 total views

17Mar/22

Hisobotlar tinglandi

16 mart kuni soat 11.30 da UzPFITI bo’limlariga jumladan, «Ta’lim menejmenti» va «Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limiga biriktirilgan TDPU magistrantlarining dissertatsiya ishlarini tayyorgarlik ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Davomini o’qish

 736 total views

15Mar/22

«Ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va maqolalar chop etishning zamonaviy usullari» mavzusida seminar-treningi tashkil etildi

Joriy yil 15-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Aziz Zikriyoyevning «Ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va maqolalar chop etishning zamonaviy usullari» mavzusida institut doktorantlari va institutda amaliyot o‘tayotgan TDPU 2-bosqich magistrantlari uchun seminar-treningi tashkil etildi.

Davomini o’qish

 718 total views

14Mar/22

Hamkorlik  shartnomasi imzolandi

2022 yil 11 martda  «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limi doktorantlari Mamadaliev Tohirjon va Abdullaev Nozimjonlar  ishtirokida O‘zbekiston Pedagogika fanlari institutining  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorlik  shartnomasi imzolandi.

 581 total views