YANA BIR HAMKORLIK RISHTALARI MUSTAHKAMLANDI

2022-yil 14-fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan hamkorlik faoliyati to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik faoliyati masalalari bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Yosh avlodni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida munosib tarbiyalash, ularning ijtimoiy lashuvi hamda hayotga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ta’lim-tarbiyati zimini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali, shuningdek, boshqaruv kadrlarni tayyorlash muammolarini tadqiq etish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda sohaga oid nazariy-metodik bazani takomillashtirish va shu kabi boshqa dolzarb masalalar o‘zaro hamkorlik mazmunini tashkil etadi.

 464 total views,  2 views today