Ilmiy-amaliy seminar

Joriy yilning 18-may kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan “XALQARO PEDAGOGIK PARADIGMALAR KONVERGENSIYaSI – TA’LIM SIFATINI OShIRIShNING METODOLOGIK OMILI” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Yangilanayotgan O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish: islohotlar va istiqboldagi vazifalar”, Dia Global Academyning Markaziy Osiyo shtabi (Olma ota) direktori Li Syong Xyon “Besh o‘lchamli (5D) perseptiv ta’lim va tarbiya Konsepsiyasi: xalqaro tajriba natijalari to‘g‘risida ”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor R.G.Safarova “Uzluksiz ta’lim sifatini oshirishda xalqaro ilmiy pedagogik hamkorlikni rivojlantirish – davr talabi”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor M.Q.Quronov “Besh o‘lchamli (5D) perseptiv ta’lim-tarbiya Konsepsiyasi to‘g‘risida konvergent fikrlar”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Aniq fanlar va raqamli ta’lim texnologiyalari” bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori,professor A.X.Mahmudov “Raqamli texnologiyalar – zamonaviy ta’lim strategiyalarining drayveri”, 1-bosqich tayanch doktorantlari B.M.Xakimova “Konvergent ta’limning ilmiy-metodik muammolari”, S.S.Egamberdiyev “Matematik ta’lim sifatini oshirishda innovatsion metodlarning komparativ tahlili” mavzularida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, pedagogika sohasida ko‘zga ko‘ringan yetakchi olimlar ishtirokida bo‘lgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy seminarda mavzu yuzasidan munozara va savol-javoblar o‘tkazildi.

 419 total views,  3 views today