Monthly Archives: May 2023

29May/23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishish maqsadida.
Joriy 2023-yilning 27-28 may kunlari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut xodimlari O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biri tarixiy shahar Buxoroga ziyorat uchun sayohat qildilar. Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar va islom avliyolarining maqbaralari mavjud.
Institutimiz xodimlari “Bahouddin Naqishband” dahmasini, “Mir Arab” madrasasini, “Chor Bakr” meʼmoriy majmuasini hamda «Yetti pir» maqomi qatoriga qo‘shilgan Sayyid Amir Kulol hazratlarining bizga qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish, kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishib, ichki turizimni amalga oshirdilar.

 382 total views,  1 views today

19May/23

Ilmiy-amaliy seminar

Joriy yilning 18-may kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan “XALQARO PEDAGOGIK PARADIGMALAR KONVERGENSIYaSI – TA’LIM SIFATINI OShIRIShNING METODOLOGIK OMILI” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Yangilanayotgan O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish: islohotlar va istiqboldagi vazifalar”, Dia Global Academyning Markaziy Osiyo shtabi (Olma ota) direktori Li Syong Xyon “Besh o‘lchamli (5D) perseptiv ta’lim va tarbiya Konsepsiyasi: xalqaro tajriba natijalari to‘g‘risida ”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor R.G.Safarova “Uzluksiz ta’lim sifatini oshirishda xalqaro ilmiy pedagogik hamkorlikni rivojlantirish – davr talabi”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor M.Q.Quronov “Besh o‘lchamli (5D) perseptiv ta’lim-tarbiya Konsepsiyasi to‘g‘risida konvergent fikrlar”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Aniq fanlar va raqamli ta’lim texnologiyalari” bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori,professor A.X.Mahmudov “Raqamli texnologiyalar – zamonaviy ta’lim strategiyalarining drayveri”, 1-bosqich tayanch doktorantlari B.M.Xakimova “Konvergent ta’limning ilmiy-metodik muammolari”, S.S.Egamberdiyev “Matematik ta’lim sifatini oshirishda innovatsion metodlarning komparativ tahlili” mavzularida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, pedagogika sohasida ko‘zga ko‘ringan yetakchi olimlar ishtirokida bo‘lgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy seminarda mavzu yuzasidan munozara va savol-javoblar o‘tkazildi.

 418 total views,  2 views today

15May/23

Respublika ilmiy-amaliy anjuman

Joriy yilning15-may kuni T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani juda yuqori kayfiyatda, haqiqiy ilmiy atmosferada bo’lib o’tdi!

Pedagogika fanining darg’alari jam bo’lgan ushbu ilmiy konferensida mavzu yuzasidan muammolar o’rganildi va ularga yechim va takliflar taqdim qilindi!

Ushbu nufuzli konferensiyani tashkil qilgan barcha tashkilotchilarga, konferensiya qatnashchilariga tashakkur bildiramiz!

Barchangizga ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!

 486 total views

02May/23

Ikki tomonlama Memorandum

“Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligining Davlat siyosatini amalga oshirish va pedagog xodimlarning malakasini oshirish akademiyasi” Federal davlat avtonom qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasasi rektori Pavel Vladimirovich Kuzmin va T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ibraimov Xolboy Ibragimovich o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 579 total views