Daily Archives: 23.12.2023

23Dek/23

“Zamonaviy pedagogik g‘oyalar” xalqaro anjuman

2023-yil 22-dekabr kuni “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi boshlig‘i Dildora Madjidova akademik A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetining 25-yilligi doirasida, pedagogika fanlari doktori, professor Omar Yesenali Omarovich tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy pedagogik g‘oyalar” xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Anjuman yalpi yig‘ilishida D.Madjidova “O‘zbekistonda inklyuziv ta‘limning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Anjumanning maqsadi: xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin ishchi aloqalarini muvaffaqiyatli davom ettirish, ikki diplomli ta’lim, malaka oshirish, tajriba almashish, zamonaviy pedagogik g‘oyalarni targ‘ib qilish.

 167 total views