Inklyuziv ta’lim bo’limi mudiri

Madjidova Dildora Abduxamidovna

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Telefon: (998) 94-654-22-70, 99-837-04-34

E-mail: dildora@gioresml

Bo‘lim mudiri Madjidova Dildora Abduxamidovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Tamomlagan:

2003-yil Toshkent davlat pedagogika universiteti, bakalavr.

2005-yil Toshkent davlat pedagogika universiteti,  magistr

2013-yil O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti

Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ilmiy unvoni: Katta ilmiy xodim

Davlat mukofotlari: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni

Madjidova Dildora Abduxamidovna 1982-yil 26-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati – o‘zbek. 1999-yilda TDPU qoshidagi pedagogik litseyni bitirgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini 2003-yilda bakalavriat, 2005-yilda magistraturasini bitirgan. 2019-yil 18-dekabrda Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengashda “Tabaqalashgan yondashuv asosida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oila sharoitiga reintegratsiyasining ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha bajarilgan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Umumiy ish staji – 17 yil, shundan ilmiy-pedagogik staji – 17 yil.

2019-2021 yillarda O‘zPFITI “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha ijrochisi sifatida faoliyat yuritgan.

01.06. 2021 – h.v.q. O‘zPFITI “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri

Madjidova Dildora Abduxamidovna 2020-yildan buyon O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi kengaytirilgan ilmiy- metodologik seminar yig’ilishining a’zosi hamda 2021-yildan institut Kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. D.A.Madjidovaning bugunga qadar 96 nomdagi ilmiy ishi e’lon qilingan, shundan: 16 ta uslubiy qo‘lanma (hammualliflikda), 3 ta monografiya (hammualliflikda), 7 ta maqola xorijiy ilmiy jurnallarda, 24 ta maqola (17 tasi OAK ro‘yxatidagi), 11 ta xalqaro ilmiy konferensiyalarida va 28 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda. Madjidova Dildora pedagogikaning dolzarb muammolarini yechishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U oilalarda ota-ona-bola munosabatlarining pedagogik-psixologik tashhisi va korreksiyasini tashkil etish va olib borish, mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etish, bo‘lajak o‘qituvchilaming pedagogik mahorati, o‘qituvchilami kasbiy tayyorlashda masofaviy ta’limning pedagogik imkoniyatlariga bag’ishlab ko’plab ilmiy maqolalar, tavsiya va ishlanmalar nashr etmoqda. Xalqaro va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

“Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudirining funksional vazifalari

  • “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudirining shaxsiy rejasi Institut direktori yoki ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
  • institutning bo‘lim faoliyatiga taalluqlimasalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
  • bo‘lim ish rejasi va bo‘lim faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • bo‘limga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida institut rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
  • institutning tegishli xizmat bo‘linmalaridan ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;
  • belgilangan tartib va muddatlarda yillik faoliyati bo‘yicha bo‘lim hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
  • rejali tadqiqotlar olib borayotgan xodimlardan iborat guruhga rahbarlikni amalga oshiradi yoki ijrochi sifatida birmuncha murakkab va mas’uliyatli ishlar bo‘yicha mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
  • tadqiqotlarni o‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqish dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etadi.
  • ishlanmalar va tadqiqotlar natijalarini tanbiq etish bo‘yicha takliflar beradi. Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonlarida maxsus kurslarni o‘qish, seminar, malakaviy-bitiruv ishi va kurs ishlariga rahbarlik qilish bilan ishtirok etadi.
  • belgilangan tartib va muddatlarda yillik faoliyati bo‘yicha bo‘lim hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
  • mas’ul ijrochi rahbarligida loyihalar va mavzularning alohida bo‘limlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarni bajaradi.
  • tadqiqot, tajriba, kuzatuv, o‘lchash ishlarini o‘tkazadi, ularning ma’lumotlarini tayyorlaydi va xulosalarini shakllantiradi.
  • ilmiy-texnik ma’lumotlarni va tadqiq etilayotgan mavzu bo‘yicha mamlakatdagi va horijdagi tajribalarni o‘rganadi.
  • o‘zining malakasini oshiradi, ilmiy seminar va konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashadi.
  • belgilangan tartib va muddatlarda yillik faoliyati bo‘yicha bo‘lim hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi

Ilmiy ishlari

Based onthe “Safe Mahalla” principle issues of elimination of problems regardingsocial protection of families of those who went abroad forworking, and families and children at risk

The article analyzes the factors that negatively affect the stability of families, and important aspects of their elimination on the basis of the principles of “safe territory” and “safe mahalla”. The article also describes the role of self-government bodies in preventing the risks associated with labor migration.

https://doi.org/10.5281/zenodo.5804451

Mehnat migrantlari oilalarida ota-ona va bola munosabatlarining pyedagogik-psixologik xususiyatlari

Mazkur maqola O’zbekistonda mehnat migrantlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning yo’nalishlaridan biri sifatida ularning oilalarida ota-ona va bola munosabatlarining pedagogik-psixologik tashhis va korrektsiya qilish masalalariga bag’ishlangan.

Oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim tizimining tashkil etilganligi

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim tizimini joriy etish kadrlar tayyorlashda kasb yoki mutaxassislikni mukammal o’qitish, oliy ta’lim tizimi universitetlarni yiriklashtirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari, AQSh oliy ta’lim tizimi universitetlarni yiriklashtirish, ta’lim muassasalarini yagona markazlarga birlashtirish tendensiyalarining ijtimoiy- pedagogik ta’sir vositalari yoritib berilgan.

Oila-ta’lim muassasasi-mahalla hamkorligi – sog’lom dunyo qarashga ega avlodni shakllantirishning muhim omili sifatida

Mazkur maqolada bolalarning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishi uchun oilada farovon sharoitlarni ta’minlash bo’yicha uzluksiz ta’lim tizimi va mahallalar faoliyatining mohiyati, mazkur sohadagi vazifalar va ish shakllari ifodalangan.

«Odamiylik» teleko‘rsatuvida O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri Dildora Madjidova ekspert sifatida ishtirok etdi