Monthly Archives: Aprel 2024

24Apr/24

O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 24-aprel kuni Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich shogirdlari hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Urganch davlat universiteti jamoasi ishtirokida rasmiy uchrashuv o’tkazildi. Unda ilm-fan sohasidagi so’nggi yangiliklar, ikki oliy ta’lim muassasalaridagi olib borilayotgan islohotlar haqida samimiy muloqot bo’lib o’tdi.

🖊Shundan so’ng, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim muassasalari tizimida ilmiy-tadqiqot, ta’lim dasturlari va resurslarini ishlab chiqishga, yuqori malakali ilmiy-pedogogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish va ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashni ko’zda tutadi.

 311 total views

24Apr/24

XORAZMGA TASHRIF

🏛T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimovning navbatdagi uchrashuvi 2024-yil 23-aprel kuni Xorazm viloyatida bo‘lib oʻtmoqda. Dastavval, Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi, professor-o‘qituvchilari, magistr, bakalavr talabalari va tinglovchilar uchun mahorat darslari tashkil qilindi.
✨Tadbirni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ochib berdi. So‘ng akademik Xolboy Ibraimov Sharq allomalari Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sinolarning pedagogik qarashlari yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

 296 total views

24Apr/24

Sayyor dars mashg’ulotlari

Joriy yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida sayyor dars mashgʻulotlari tashkil etildi.
📚Ushbu sayyor dars mashgʻulotlarida pedagogika fanlari doktori, dotsent Djurayev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor v.b. Murtozoyeva Mahfuza Murtozayevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muxayyo Tojievna, psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamiddinovalar OʻzPFITIning doktorant va tayanch doktorantlariga ma’ruza qilishdi.
Sayyor darslar ishtirokchilari ma’ruzachilardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 364 total views

18Apr/24

“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya

🔸Bugun OʻzPFITI tomonidan oʻtkazilgan “Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy va respublikamiz professorlari, olimlari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
✨Konferensiyani institut direktori, p.f.d., akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich ochib berdi.
Shundan so‘ng ma’ruzachilarning: Professor Seungjik Lee – “Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt hamda buyumlar internetidan foydalanish”, A.Y.Ibraymov – “Ta’lim jarayonini raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari asosida strategik loyihalashtirish mexanizmlari”, A.B.Kamilova – “Maktabda shaxmatni oʻrgatishda raqamli koʻrgazmali qurollarning metodik xususiyatlari”, A.X.Maxmudov – “Raqamli didaktikada vizuallashtirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ma’ruzalari tinglandi.
🔸Konferensiya ishtirokchilari raqamli didaktika bo‘yicha eng so‘nggi yangilik va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlardan xabardor bo‘ldilar.

 448 total views,  2 views today

05Apr/24

«Olima ayollar» tanlovi

2024-yil 4-aprel kuni «Olima ayollar» ilmiy loyihalar tanlovi navbatdagi turini saralash natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar Respublikaning turli hududlaridagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
🏆Mazkur taqdirlash marosimida O‘zPFITI bo‘lim mudirlari L.M.Qoraxonova va M.Inoyatovalarning ilmiy tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
💐Olimalarimizga mazkur tadqiqot loyihasini samarali amalga oshirishda kattadan katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✨Loyihaning kelgusida ilmiy yutuqlar bilan natijalarga erishishida omad tilaymiz!

 503 total views,  2 views today