“Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik ta’limotlari” ilmiy tadqiqot bo‘limi                        

Safarova Roxatoy G’aybullayevna,

pedagogika fanlari doktori, professor

E-mail: safarova_roxat@mail.ru

Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:

– Xalq pedagogikasi, sharq mutafakkirlari va jadid ma’rifatparvarlari tomonidan yaratilgan tarbiyaga oid ta’limotlarning mazmun mohiyati, shaxs taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirini nazariy metodik jihatdan aniqlash;

– pedagogik merosning o‘quvchi yoshlarning ma’naviy, madaniy, intellektual hamda jismoniy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini nazariy jihatdan asoolash va ommalashtirish;

– mutafakkirlarning birinchi, ikkinchi renessans davrida yaratgan pedagogik ta’limotlarini o‘rganish, tahlil qilish va ularning tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishdagi imkoniyatlarini pedagogik jihatdan asoslash:

– jadid ma’rifatparvarlarining tarbiyaga oid qarashlari va ular qo‘llagan metodikalarni modernizatsiyalashgan holda maktabgacha va maktab ta’limiga tadbiq etish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish;

– “Birinchi va ikkinchi renessans davrida qo‘llanilgan tarbiya metodlari”,  “Sharq mutaffakkirlarining pedagogik ta’limotlari” monografiyalari, “Xalq pedagogikasi” darsligi, “O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish metodikasi”, “Jadid ma’rifatparvarlarining shaxs tarbiyasiga oid qarashlari va undan foydalanish strategiyalari” qo‘llanmalari, “Tarbiya” ensiklopediyasi, “Tarbiyaviy jarayonlarni optimallashtirish mexanizmlari” qo‘llanmalari ishlab chiqiladi.

– “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Ijtimoiy pedagogika” yo‘nalishida yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlanadi:

– tarbiya sohasidagi tarixiy tajribalarni ommalashtirish maqsadida xalqaro va Respublika miqyosida konferensiyalar, simpoziumlar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va treninglar tashkil etiladi;

– o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy tajribasi, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik merosi xalqaro va respublika jurnallarida,  Scopus, web of science xalqaro ma’lumotlar bazasidagi maqolalar orqali ommalashtiriladi;

– uzluksiz ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ko‘lami kengaytiriladi.

– rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatiladi. birgalikda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi. konferensiya va simpoziumlar tashkil etiladi.

QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTINING  “MILLIY TARBIYA, MUTAFAKKIRLAR VA JADIDLARNING PEDAGOGIK TA’LIMOTLARI” BO’LIMI

Bo‘limning maqsadi – milliy tarbiya, mutafakkir va jadidlarning tarbiyaga oid koʼp asrlik taʼlimotlarini, oʼzbek xalqining ming yillik amaliy tarbiyaviy tajribasini kompleks tadqiq qilish hamda maktab taʼlimi amaliyotiga tadbiq etish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish bilan shugʼullanadi.