2022-yil, 26-may kuni Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni (2022 yil 11 may) hamda ushbu Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori keng muhokama qilinib, tegishli bandlar bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, endilikda institut xodimlari intizomi va mehnat faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha xalqaro baholash indikatori – KPI (Key Performance indicators) tizimiga o‘tilishi muhokama qilinib, uning mazmuni va mohiyati ochib berildi.

 665 total views,  3 views today