Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari

Qoraxonova Lobar Musoxonovna,
PhD, katta ilmiy xodim

Telefon: (+99871) 255-56-96,(+99893) 503-52-07

E-mail: liya_2305@gioresml

DAVLAT MUKOFATLARI

2016-yil «XALQ MAORIFI A’LOCHISI» ko’krak nishoni

«Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari» bo‘limi mudurining funksional vazifalari

  • Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya, kimyo, fizika, geografiya, astronomiya fanlari bo‘yicha ustivor muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi oʻquv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini xalqaro dasturlari talablari asosida takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi
  • Tegishli o‘quv fanlarining davlat ta’lim standartlari, fan va ishchi-o‘quv dasturlarini ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat jihatdan xalqaro talablarga mos ravishda yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqish, takomillashtirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishni tashkil etish;
  • darslik va o‘quv, o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar bilan hamkorlikda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni yaratish ishlarini tashkil etish;
  • yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish, ularning o‘quv dasturlari, metodik talablarga mosligi bo‘yicha xulosalarni umumlashtirish;
  • o‘qitish metodikasi va o‘quvchilar bilimlarini baholashning xalqaro hamda milliy tajribalarni singdirgan holda zamonaviy uslublar, metodik mahsulotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyasini ta’minlash va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy o‘rta ta’lim mussasalarida ommalashtirish;
  • talabalar, professor-o‘qituvchilarning individual qobiliyatlari, iqtidorlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik mahsulotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar, seminar-treninglar tashkil etish;
  • tegishli fanlar bo‘yicha darsliklar, didaktik va ta’lim resurslarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish, bazasini yaratish, boyitib borish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
  • yaratilgan darsliklarning mazmunini takomillashtirish, qayta nashrga tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berish va nashrga tavsiya etadi;
  • Biologiya, fizika, kimyo geografiya va astronomiya fanlaridan yaratilgan o‘quv adabiyotlarni amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan berilgan ekspertiza xulosalarini umumlashtirish va tuzuvchilar bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etadi;
  • Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ta’limga doir ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  ommalashtirish bo‘yicha muntazam ish olib boradi;
  • Tabiiy fanlar bo‘yicha ilmiy-metodik kengashlar faoliyatini tashkil etadi.

ILMIY ISHLARI

11- mart kuni «Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limi mudiri p.f.f.d(PhD), katta ilmiy xodim Lobar Qaraxonova bo’limga biriktirilgan TDPU stajirovkada bo’lib turgan magistrantlari bilan ilmiy ishlarni tayyorgarligi bo’yicha ilmiy seminar tashkil etildi.

2022-yil 7-13 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagog ta’limi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4623-son qarorining ijrosi o‘rganish bo‘yicha Nizomiy nomidagi TDPUning «Boshlang‘ich ta’lim» va “Professional ta’lim” fakulteti O‘zPFITI komissiya tarkibi tomonidan faoliyat olib borildi. Mazkur komissiya tarkibida O‘zPFITI “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri L.M.Qaraxonova ham a’zo sifatida ish olib bordi. Unga ko‘ra TDPUning yuqorida ta’kidlangan 2 ta fakultetida so‘rovnoma asosida ijroning bandlarining ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar tashkil etildi.

2022 yilning 18-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya va riojlanish vazirligi tomonidan «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimida O‘zPFITI “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) L.M.Qaraxonova ishtirok etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar ko‘rgazmalari taqdimoti yuqori sifat bilan namoyish etildi.
“InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Tashabbuskor biznes”, “Innovatsion yechimlar”, “Kooperatsion aloqalar” nomli 3 ta alohida platformalardagi turli xil mavzulardagi xalqaro va mahalliy tadbirlar, 3 ta ko‘rgazmalarda ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining topshirig‘i asosida 1-11-sinflar uchun “Mening ma’naviy hamrohim” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlanmoqda. 2022 yil 05 noyabr kuni O‘zPFITI “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) L.M.Qaraxonova tomonidan 9-sinflar uchun qo‘llanmaning dastlabki varianti tayyorlandi va kitob holatiga keltirildi

2022 yil 8 noyabr kuni soat 10 00 da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.b.20.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) L.M.Qaraxonova seminarda a’zo sifatida ishtirok etdi.

2022 yil 21-oktyabr kuni soat 10 00 da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.b.20.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) L.M.Qaraxonova seminarda a’zo, shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalitova Roza Alimovnaning “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida genetika bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishiga taqrizchi sifatida ishtirok etdi.

“Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) katta ilmiy xodim L.M.Qaraxonova Respublikamizdagi «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borish jarayonida mazkur jurnalning tahrir hay’ati a’zosi sifatida qabul qilingan. Hozirgi kunda ko‘pgina tadqiqotchi limlar, pedagoglar, professor va o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarida ma’naviy ko‘makchi sifatida ish olib borilmoqda. Olib borilgan ishlardagi faol yordamlari uchun jurnal tahririyati tomonidan 2022 yilning 15-oktyabr kuni Minnatdorlik xati bilan taqdirlandi.

2022 yilning oktyabr oyida “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d (PhD) katta ilmiy xodim L.M.Qaraxonova « American Journal of Interdisciplinary Research and Development» xalqaro ilmiy jurnali tahririyat a’zosi sifatida qabul qilingan va faoliyat yuritmoqda.

2022 yil 15 noyabr kuni soat 14-00 va 16.00 da Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli Ilmiy kengashning ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Tabiiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri p.f.f.d, dotsent L.M.Qaraxonova metodologik seminar aʼzosi sifatida ishtirok etdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchilari Temirov Nurali Orifjonovichning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi bo‘yicha “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisi kompetensiyasini takomillashtirish (pedagogika oliy taʼlim muassasalari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi va Abdraimova Barno Baxtiyarovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligi bo‘yicha “ Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalari muhokama qilindi