618 total views
Category Archives: Без рубрики
«Уч авлод учрашуви» бўлиб ўтди.
9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетида жорий йилнинг 7 май куни «Уч авлод учрашуви» бўлиб ўтди.
Ушбу тадбирни университет ректори Абдуғаффор Қирғизбоев очиб берди. Тадбирга университетда ўтган йиллар давомида фаолият олиб борган, айни дамда нафақадаги 120 нафардан ортиқ фидоий профессор-ўқитувчилар ва ходимлар таклиф қилинди. Шунингдек, олийгоҳ проректорлари, профессор-ўқитувчилари ва талабалар иштирок этишди.Тадбир меҳмонлари университет ёшлари томонидан муносиб кутиб олинди ва уларга «Шараф ленталари» улашилди.
Бугунги бўлиб ўтган «Уч авлод учрашуви» университетимизда таҳсил олаётган талаба ёшларимизда юксак фахр ва ғурур ҳиссини уйғотди. Энг муҳими, устозлар қадриятини давом эттиришдек маъсулиятни ҳис этишга катта туртки бўлиб хизмат қилади. Ушбу тадбирга институтимиз директори Х.Ибрагимов, академик Р.Джураев, М. Қуронов, А.Махмудов ва К.Каримовлар катнашдилар
1,501 total views
«Ochiq eshiklar kuni-Festival»
2022 y. 29 aprel sanasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 45-STEM Umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda «Ochiq eshiklar kuni-Festival» o’tkazildi. Bu festivalda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari A.Maxmudov, M.Umaraliyeva, Z.Ro’ziyeva hamda doktorant R.Azizovlar ishtirok etishdi.
Tumanning 1600 nafardan ortiq bitiruvchi o’quvchilari ushbu festivalga tashrif buyurishdi, o‘zlariga kelajakda qaysi kasbni egallash yuzasidan tasavvur va yo’nalishlarni tanlab olishdi.
836 total views
«Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport tashkil qilishning istiqbollari: muommo va yechimlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
2020-yil 29-aprel kuni Buxoro davlat universitetida «Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport tashkil qilishning istiqbollari: muommo va yechimlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Q.Niyoziy nomidagi O’zPFITI direktori X.Ibraimov «Pedagogikada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zarurat sifatida» mavzusidagi o’chiqishlari bilan qatnashdi
685 total views
Pedagogik muloqat prinsiplvri
2022 yil 28 aprel kuni Xalqaro bo‘lim mudiri M.Quronov Irrigatsiya milliy tadqiqotlar universiteti rektorati, dekanatlari, tyutorlari uchun “Pedagogik muloqat prinsiplvri” mavzusida maruza qildi.
1,084 total views
2022 -yil 27-aprel kuni «Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish nazariyasi va metodikasi » bo’limi mudiri M.E.Inoyatova Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 229-umumta’lim maktabida ona tili – adabiyot darslarini kuzatdi. 10-sinf adabiyot darsida o’quvchilarga mahorat darsi o’tdi. Maktabda taniqli o’zbek shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirda ishtirok etib, shoir hayoti va ijodi haqida chiqish qildi.
1,126 total views
Respublika ilmiy-nazariy anjuman
2022-yil 25-aprel kuni Buxoro Davlat universitetida bo’lib otgan “Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yayanada takomillashtirish” nomli Respublika ilmiy-nazariy anjumanida O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Pedagogik ilmiy-innovatsion tadqiqotlar mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zarurat sifatida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
715 total views
“Ustoz murabbiy” e’tirofnomasi
О‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, prof. Xolboy Ibragimovich Ibraimov “Xalq ta’limi” jurnalining eng faol mushtariysi bо‘lganliklari, jurnal sahifalarida sermahsul, mazmunli ilmiy-metodik salohiyatga ega maqolalar chop ettirganliklari sababli tahririyatning “Ustoz murabbiy” e’tirofnomasiga sazovor bо‘ldilar.
638 total views