Category Archives: Без рубрики

06Mar/24

DOKTORANTLAR UCHUN GRANTLAR

2024-yil 5-mart kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish , boshqarmasi boshlig’i Kuchkarova Nargiza Sharifdjanovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Nargiza Kuchkarova institut doktorantlariga o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash, UNESCO Mahatma Gandi Tinchlik va Barqarorlik instituti bilan hamkorlikdagi «Ta’lim inson uchun», «Kichkintoylar aqlini o‘stirish» loyihalari haqida so‘zlab berdi. Loyiha orqali ta’lim tizimida ijtimoiy va hissiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, raqamli pedagogikani isloh qilish 2030-yilgacha «Barqaror rivojlanish»ning kun tatibida inson his-tuyg‘ularini samarali boshqarishni o‘rgaradigan onlie xalqaro kurslari tashkil qilinishini aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida doktoranlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 288 total views,  1 views today

06Mar/24

«Ayol – olam gultoji»

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mart oyida bahor gullari bilan bezandi. Atrofdagi go‘zal shukh barchaning ko‘nglini ko‘tardi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Ayol – olam gultoji» deb nomlangan musiqaviy tadbir bo‘lib o’tdi. Unda institut olimlari va doktorantlari xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ayollarimizni madh etuvchi kuy, qo‘shiqlar, musiqaviy dasturlarini namoyish etishdi. Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov jamoadagi xotin-qizlarni bir dasta she‘r bilan xushnud etdi. Shuhrat Nomozov ijrosidagi «Onajon» ashulasi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

 297 total views

12Yan/24

Ustozning ibratli umri

2023-yil 11-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimov bilan Samarqand viloyati Pedagogika markazi xodimlari hamda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyo olimlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari” mavzusida uchrashuv va mahorat darslari o‘tkazildi.

 240 total views,  1 views today

30Mar/23

“ Ilg`or ta`lim va tarbiya metodikasini keng qo’llash – ta`lim samaradorligini oshirish omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

Joriy yilning 30-mart kuni University of Science and technologiesda “ Ilgor talim va tarbiya metodikasini keng qo’llash – ta`lim samaradorligini oshirish omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi. Ushbu imiy-amaliy seminarda O‘zPFITI direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da komporativ pedagogikaning ustuvor vazifalari”, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti professori Sh.Mardonov “Zamonaviy ta’limda didaktik tizimlar” mavzularida ma’ruza qildilar hamda mulohazali fikrlarni bayon etdilar.

 392 total views,  2 views today

18Okt/22

O‘zPFITI mutaxassislari «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimida ishtirok etdilar

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar ko‘rgazmalari taqdimotida institut bo‘lim mudirlari L.Qoraxonova, K.Karimov va D.Madjidovalar ishtirok etishdi.
Ular “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Tashabbuskor biznes”, “Innovatsion yechimlar”, “Kooperatsion aloqalar” nomli 3 ta alohida platformalardagi turli xil mavzulardagi xalqaro va mahalliy tadbirlar, 3 ta ko‘rgazmalarda ishtirok etdilar.

 491 total views,  2 views today

08Iyun/22

Bugun «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limida tayanch doktorantlar va doktorantlarning 6-oylik hisobotlarini taqdimotlari o‘tqazildi.

 573 total views,  3 views today

18May/22

Xalqaro bo‘lim boshlig‘i prof. M.Quronov Samarqand dalat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida “Talim tarbiya metodikasini takomillashtirish resurslari” mavzusida maruza qildi. Tadbirda shahar hokimi, senator G. Alimova ishtirok etdi

 725 total views,  2 views today