«Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limiga biriktirilgan TDPU magistrantlari bilan muhokamalar bo’lib o’tdi

15 mart kuni soat 9.30 UzPFITI bo’limlariga jumladan, «Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limiga biriktirilgan TDPU magistrantlarining dissertatsiya ishlarini tayyorgarlik ishlari yuzasidan xisobotlari tinglandi.

Hisobotlar davomida magistrlarning bugungi kunga qadar tadqiqot ishlari yuzasidan amalga oshirgan ishlari, nashr ishlari, tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari haqida muhokamalar bo’lib o’tdi. Muhokamada shuningdek, ularga tadqiqot ishini mukammal tayyor bo’lishi, kamchiliklarni bartaraf etish borasida ilmiy maslahatlar berildi. Magistrlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taqdimot ishlarini namoyish qildilar. Muhokama juda qizg’in o’tdi.

 845 total views,  1 views today