All posts by admin

09Noy/22

ЭЪЛОН!!!

Т.Н.Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институтига 2023 йил докторантура (PhD/DSc) ҳамда стажёр-тадқиқотчиликка ҳужжат топширган талабгорлар диққатига!Кириш имтихонлари 22-24 ноябрь кунлари ўтказилишини маълум қиламиз. Имтихон жадвали ва дастурлари илова қилинади.

 463 total views,  1 views today

31Okt/22

Samarqand shahriga ziyorat

Joriy yilning 2022-yil 29-oktyabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut xodimlari Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ziyorat uhun sayohat qildilar. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lish uchun bu yerga, albatta, tashrif buyurish lozim.

Institutimiz xodimlari “Buyuk ipak yo’li” turistik zonasidan sayohatni boshladilar. Markazga “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlanganida chuqur maʼno bor. Bu yerda o‘sha davrga oid tarixiy manzaralar aks ettirilgan. Masalan, “Boqiy shahar” majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilganini ko’rib zavqlandilar.

 Shuningdek, institutimiz xodimlari Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi, Hazrati Xizr masjidi majmuasi va bir qancha yodgorliklarni ziyorat qildilar. U yerdan o’zlari uchun esdalik sovg’alarni harid qilib yaxshi kayfiyat va taassurotlar bilan qaytdilar. Bu ko’hna Samarqand shahari barcha tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.

 397 total views

21Okt/22

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 – yilligi

Joriy yilning 21- oktyabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari lmiy tadqiqot instituti xodimlari O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 – yilligi munosabati bilan so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy poyiga gulchambar qo’ydilar. «Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili va adabiyotidur.
Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur». Shuningdek, “ONA TILIMIZ FAXRIMIZ” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 557 total views,  1 views today

18Okt/22

O‘zPFITI mutaxassislari «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimida ishtirok etdilar

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar ko‘rgazmalari taqdimotida institut bo‘lim mudirlari L.Qoraxonova, K.Karimov va D.Madjidovalar ishtirok etishdi.
Ular “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Tashabbuskor biznes”, “Innovatsion yechimlar”, “Kooperatsion aloqalar” nomli 3 ta alohida platformalardagi turli xil mavzulardagi xalqaro va mahalliy tadbirlar, 3 ta ko‘rgazmalarda ishtirok etdilar.

 405 total views

13Okt/22

Ma’rifat gazetasining 2022-yil 12-oktyabr, № 40 (9417) sonida Xalq ta’limi vazirligi Ma’naviyat boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Fozilov, T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori Xolboy Ibrohimovlarning » Axloq normalari qat’iy nazoratda» nomli maqolasi chop etilib, omma e’tiboriga havola etildi.

 343 total views,  1 views today

07Okt/22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son qarorining ijrosi o’rganilmoqda

7-oktabr kuni T. N Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori X. Ibraimov, bo‘lim mudirlari  L.Qoraxonova, D.Malikovalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son qarorining ijrosining ta’minlanishi holatini o‘rganish maqsadida universitetning «Boshlang’ich ta‘lim» va “Pofessional ta’lim” fakultetlariga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari bilan mazkur qarorning amaldagi ijrosi yuzasidan suhbat o‘tkazildi va ma’lumotlar taqdim etildi.

 357 total views

06Okt/22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son qarorining ijrosi o’rganilmoqda

6-oktabr kuni T. N Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori X. Ibraimov, bo‘lim mudirlari A.X. Maxmudov, D.A.Madjidovalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son qarorining ijrosining ta’minlanishi holatini o‘rganish maqsadida universitetning «Maktabgacha ta‘lim» va “Innovatsion pedagogika” fakultetlariga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari bilan mazkur qarorning amaldagi ijrosi yuzasidan suhbat o‘tkazildi va ma’lumotlar taqdim etildi.

 468 total views