All posts by admin

14Mar/22

Hamkorlik  shartnomasi imzolandi

2022 yil 11 martda  «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limi doktorantlari Mamadaliev Tohirjon va Abdullaev Nozimjonlar  ishtirokida O‘zbekiston Pedagogika fanlari institutining  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorlik  shartnomasi imzolandi.

 794 total views

07Mar/22

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kun

2022 yil, 4-mart kuni fasli bahor- yosharish-yangilanish faslining eng go’zal bayrami- «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni»ni nishonlash arafasida, O’zPFITI ma’muriyati va erkaklar jamoasi institut ilmiy kengashi tantanali yig’ilishida institut xotin-qizlarini kirib kelayotgan bayram bilan qutlab, ularga bahoriy tabassum, mustahkam sog’liq, oilaviy va ijodiy yutuqlar tilab, samimiy muborakbod etdilar.

Davomini o’qish

 818 total views

03Mar/22

Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojining asosiy ustuvor yoʼnalishlari

2022 yil 2 martda O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi diplomatik aloqalar o’rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oflayn va onlayn formatda “Основные приоритетные направления в развитии социально-гуманитарных дисциплин” (“Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojining asosiy ustuvor yo’nalishlari”) mavzusida Xalqaro ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Davomini o’qish

 1,774 total views,  2 views today

03Mar/22

Uchinchi rennesans davri poydevorini tiklashda ta’lim sohasidagi islohotlarning ahamiyati

“Ovozi Samarqand” gazetasining  2022 yil fevral oyi sonida pedagogika fanlari doktori,professor X.I. IBRAIMOVning uchinchi rennesans davri poydevorini tiklashda ta’lim sohasidagi islohotlarning ahamiyatiga bag’ishlangan  “Пойдевори Ренессанси сеюмро ҷавонони соҳибхирад мегузоранд” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Matbuot kotibi

Davomini o’qish

 1,410 total views,  2 views today

28Fev/22

Seminar

Toshkent shahar, Bektemir tumani 228-umumiy orta ta’lim maktabida Bektemir tumani Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zPFITI Ilmiy-pedagogik каdrlar tayyorlash bo‘limining tashkillashtirishi asosida TDPU va O‘zPFITI hamkorligida seminar o‘tkazildi.
Davomini o’qish

 801 total views

24Fev/22

Komillikning belgisi

haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir

Mamlakatimizda har yili muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha yil dasturi qabul qilinadi. Bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlandi. Shunga binoan, Davlat dasturi amalga oshirilyapti. Bu yilgi Davlat dasturining ko‘lami ham, marralari ham oldingilaridan ancha salmoqli, yuksak. Buni belgilangan chora-tadbirlar ijrosi uchun avvalgi yillardagiga nisbatan qariyb bir yarim barobardan ziyod mablag‘  ajratilgani ham ko‘rsatib turibdi.

Davomini o’qish

 3,736 total views