“Hamkorlik ufqlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

2023 yil 10 noyabr kuni О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida “Hamkorlik ufqlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bо‘lib о‘tdi. Mazkur seminarda О‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor, Turon akademigi, Xalqaro pedagogika ta’limi fanlari akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich “Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish” mavzusida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, О‘zPFITI “Ta’lim menedjmenti” bо‘limi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Djurayev Risbay Xaydarovich “O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanidagi tub o‘zgarishlar”, Rossiya Federatsiyasi Akademiyaning federal uslubiy markazi rahbari, psixologiya fanlari doktori Buchek Albina Aleksandrovna “Zamonaviy maktabda o‘qituvchilar va psixologlarning g‘oyalari va usullarini amalga oshirish”, Rossiya Davlat ma’rifat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Xlebosolova Olga Anatolevna “Ta’lim sifatini oshirish jarayonida zamonaviy yondashuv”, Rossiya FederatsiyasiAkademiyaning federal uslubiy ishlarni tashkil etish bo‘limining etakchi mutaxassisi, pedagogika fanlari nomzodi, professor Tsareva Laura Aleksandrovna “Pedagog kadrlarni metodik qo‘llab-quvvatlash” mavzularida ma’ruza qildi.

 315 total views,  3 views today