Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

T.N.Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITIda 19- oktabr soat 10:00 da Toshkentning «City Palace» mehmonxonasida “Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiya doirasida bir qator nufuzli professor oʻqituvchilar, xorijiy mehmonlar, shu jumladan Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlaridan professor oʻqituvchilar tashrif buyurib oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan OʻzPFITI direktori professor X.I.Ibraimov soʻzga chiqib, boʻlajak oʻqituvchilarning madaniyatshunoslik sohasi orqali faoliyati takomillashtirish haqida fikrlar bildirdi. Institutning doktorantlari ham oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib tadbirga oʻzgacha kayfiyat ulashishdi.

 313 total views,  1 views today