Category Archives: Без рубрики

13Apr/22

«ZAMONAVIY UZLUKSIZ TA`LIMNI RAQAMLASHTIRISH: PEDAGOGIKA SOHASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH OMILLARI” mavzusida onlayn Respublika ilmiy-amaliy anjuman

2022 yil 12 aprelda Andijon davlat universitetida «ZAMONAVIY UZLUKSIZ TA`LIMNI RAQAMLASHTIRISH: PEDAGOGIKA SOHASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH OMILLARI” mavzusida onlayn Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Anjuman yalpi majlisida O‘zPFITI pedagog olimlaridan p.f.d., professorlar X.Ibraimov, R.Safarova, A.Maxmudovlar o‘z maʼruzalari bilan chiqish qilishdi. Shuningdek, anjuman sho‘ʼba yig‘ilishlarida institut bo‘lim mudirlari hamda doktorantlari faol ishtirok etishdi.

 466 total views

13Apr/22

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 3-fevraldagi «Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil, 12-aprelda Quyichirchiq tumani 4-musiqa maktabida qo’shma yigʻilish boʻlib oʻtkazildi. Yigʻilishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A.K.Qirgʻizboyev, T.N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimov, Quyichirchiq tumani XTB mudiri A.U.Shodmonov, tegishli tashkilotlardan mobil guruhi vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilishda mobil guruhlarining yoʻl xaritalarini ishlab chiqish belgilab olindi.

 484 total views

12Apr/22

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O`zPFITI kitoblari Andijon, Farg`ona, Namangan viloyat maktablarida


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-4954-sonli hamda 2018 yil 9 avgustdagi “Ozbekiston respublikasida shaxmatni rivojlantirishning qoshimcha chora tadbirlari togrisidagi” PQ-4954-sonli qarorlariga asosan boshlangich sinflar oquvchilarini shaxmatga orgatish boyicha tanlab olingan Andijon viloyatidagi talim muassalarida T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedgogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining mustaqil tadqiqotchisi A.Axunjonov tomonidan aprobatsiya ishlari olib borildi.

 650 total views

07Apr/22

T.N.Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITI va Baliqchi tumani 42- umumtaʼlim maktabi oʻrtasida ilmiy, oʻquv-uslubiy hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma imzolandi.

T.N.Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITI va Baliqchi tumani 42- umumtaʼlim maktabi oʻrtasida ilmiy, oʻquv-uslubiy hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq institutning «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi» mudiri M.A.Umaraliyeva maktab uslubiy kengashida ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan chiqish qildi hamda may oyida hamkorlikda oʻquv seminari oʻtkazishga kelishib oldi.

 1,075 total views

06Apr/22

«Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga innovatsion yondashuv: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-anjuman.

2022 yil soat 6-aprel kuni soat10:00 da Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida «Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga innovatsion yondashuv: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari doktori, akademik Risbay Djuraev ma’ruza bilan ishtirok etdilar

 603 total views