Daily Archives: 14.03.2024

14Mar/24

Qo’qon Davlat Pedagogika instituti jamoasi bilan uchrashuv

2024-yil 14-mart kuni Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat Pedagogika institutida Pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Unda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari, pedagogika sohasidagi olimlar, Qo‘qon Pedagogika instituti jamoasi ishtirok etdi. Tadbir institut hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazma bilan boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Institut rektori Dilnoza Shavkatovna mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tarixiy institut haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv avvalida institut faoliyati bilan bog’liq video rolik namoyish etildi. So‘z akademik Xolboy Ibragimovga berildi. Akademik «Buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari» mavzusida ma‘ruza qildi. Pedagogika sohasida nashr qilinayotgan darsliklar, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, Abu Rayhon Beruniy va Yassaviyning pedagogik qarashlari haqida so‘zlab berdi.
Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti Pedagogika- psixologiya fakulteti dekani Nigora Erkaboyeva va ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Nurbek Jo‘rayevlar so‘zga chiqdi.
Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat instituti hamda T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir yakunida Akademik Xolboy Ibragimovga Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti faxriy akademigi unvoni berildi.

 121 total views