“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova joriy yil 15-sentabr kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan – “O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, O‘zbekistonda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti vakillari, ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Konferensiyada gender tengligini taʼminlash borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassis hamda ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha tajriba almashishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

 992 total views,  1 views today