Yearly Archives: 2023

30Mar/23

“ Ilg`or ta`lim va tarbiya metodikasini keng qo’llash – ta`lim samaradorligini oshirish omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

Joriy yilning 30-mart kuni University of Science and technologiesda “ Ilgor talim va tarbiya metodikasini keng qo’llash – ta`lim samaradorligini oshirish omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi. Ushbu imiy-amaliy seminarda O‘zPFITI direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da komporativ pedagogikaning ustuvor vazifalari”, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti professori Sh.Mardonov “Zamonaviy ta’limda didaktik tizimlar” mavzularida ma’ruza qildilar hamda mulohazali fikrlarni bayon etdilar.

 293 total views,  1 views today

13Mar/23

Institutda Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi Pedagogika instituti vakili bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

13-mart kuni O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida Vera Petrovna Chudakova, psixologiya fanlari nomzodi, Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi Pedagogika instituti katta ilmiy xodimi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda mutaxassis bilan o’zaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 272 total views

01Mar/23

O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya xonim tavalludi

Birinchi mart – bahorning ilk kuni. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida Zulfiyaxonim tavallud topgan kun sanasi bilan kecha bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati va jamoasi, doktarantlar ishtirok etishdi. Sahnada shoira hayoti va u bosib o‘tgan umr yo‘li badiiy ko‘rinishda namoyish etildi. Talabalar shoira she‘rlaridan ifodali o‘qishdi. Qo‘shiqlar kuylandi. Institut yo‘lagi shoir Hamid Olimjon va Zulfiya xonim fotosuratlari bilan bezatildi.
Bu kabi adabiy kechalar Zulfiya xonim izdoshlari bo‘lmish ilm yo‘lidan ketayotgan qizlar ko‘nglida bir olam taassurotlar qoldirdi.

 326 total views

27Fev/23

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili: O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirishda fan va maktab hamkorligi” mavzusida Respublika seminar

Joriy 2023 yilning 24-fevral kuni O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Andijon shahar hokimligi, Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili: O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirishda fan va maktab hamkorligi” mavzusida Respublika seminari o’tkazildi.

 290 total views,  1 views today

21Fev/23

Kuni kecha O‘zbekiston televideniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida «Yoshlar nima xohlaydi?» savoliga T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov bugungi kunda yoshlarni ma’naviy tarbiyasiga qarshi salbiy g’oyalar mavjudligini ya’ni “Bo’lib tashla egalla” ota-bolalarni bir-biriga qarshi qo’yayotgan “hujum” haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.

 265 total views

14Fev/23

“Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar

T.N.Qori  Niyoziy  nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida  2023-yil  14-fevral  kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda maktab ta’limi va pedagogika fanining dolzarb vazifalari hamda  “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan  “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar o’tkazildi.

Ilmiy seminarni Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat pedagogika  universiteti  rektori,  tarix  fanlari doktori, professor A.K.Qirg‘izboyev kirish so’zi bilan boshlab berdilar. O’z nutqida bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomil­lashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish kerakligini ta’kidlab, til o’rganish ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishish masalasi borasida to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da komporativ pedagogikaning ustuvor vazifalari”, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof.  R.G.Safarova  “Uzluksiz  ta’lim  tizimi modernizatsiyasida xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganishning  nazariy  va  amaliy ahamiyati”, “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i,  pedagogika fanlari doktori, professor  M.Q.Quronov “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro  tajribalar  konvergensiyasining xususiyatlari”,  “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim L.M.Qoraxonova “Quchoq  ochib  maktablarga boraylik!”  ilmiy-metodik innovatsion loyihasi taqdimoti, 2-bosqich tayanch doktorant T.V.Mamadaliyev “Ta’lim  sifatini  oshirishda  raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari”, 3-bosqich tayanch doktorant  K.S.Todjibayeva “Inklyuziv ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari”, 1-bosqich tayanch doktorant D.X.Kamoljonova “Maktab  o’quvchilarini  ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bolalar nashrlarining roli”  mavzularida ma’ruzachilarning nutqlari tinglandi. 

Tashkil etilgan mazkur ilmiy-seminardan barcha ishtirokchilar o’zlari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 299 total views

10Fev/23

“AVLODLAR-BUYUK AJDODLARNI ARDOQLAR” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 10-fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shox va shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan “AVLODLARBUYUK AJDODLARNI ARDOQLAR” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 Ushbu tadbirni  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich ochib berdilar va  “A.Navoiy va Z.M.Bobur millatimiz faxri”,  filologiya fanlari doktori, professor N.Jumaxo’ja “A.Navoiy hayoti va ijodini o’rganishga yangicha yondashuv”, filologiya fanlari doktori, professor K.Mullaxo’jayeva “A.Navoiy ijodida odam va olam munosabatlarining ifodalanishi”, filologiya fanlari nomzodi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Dilshod Rajab “A.Navoiy va Z.M.Bobur she’riyatida ta’lim-tarbiya va ezgulikka da’vat masalalari”, pedagogika fanlari doktori, professor R.G.Safarova “Z.M. Bobur ijodining olamshumul, qomusiy ahamiyati”, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov “Mutafakkir ajdodlarimiz va Z.M.Bobur ma’naviy merosining davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni”, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Mardonov “A.Navoiy va Z.M.Bobur ijodining xorijda o’rganilishi” mavzularida ma’ruzalari, doktorant N. Masharipova oilasining “Navoiysevar oila” loyihasi hamda Yunus Rajabiy nomidagi maqom instituti talabalari ishtirokida “Ohangrabo navolar” tinglandi.

 250 total views

01Fev/23

Bir guruh tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 1 – fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarini O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassisligidagi “Xalq ta’limi” jurnali tahririyati umumiy yig’ilishi qaroriga asosan 2022 yilda chop etilgan ilmiy maqolalarning bugungi kun uchun dolzarbligi, har bir maqolani ilmiy jihatdan chuqur, asosli tarzda yoritilganligi hamda istiqboldagi rejalarini qo’llab -quvvatlab turli nominatsiyalar bilan taqdirladilar.
“Istiqbolli pedagog – tadqiqotchi” nominatsiyasi g’olibi – Mamatov Jasur Asatullaevich.
“Eng faol pedagog – tadqiqotchi” nominatsiyasi g’olibi – Mo’minova Gulnozaxon Sulton qizi.
“Eng yaxshi ilmiy – metodik maqola” nominatsiyasi g’olibi – Tadjibayeva Komila Sobit qizi.
“Eng dolzarb ilmiy – metodik maqola” nominatsiyasi g’olibi – Toirova Muhabbat Ataxanovnalar taqdirlandilar.

 295 total views