Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari

Loyiha nomi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari (Fundamental tadqiqot).
Loyiha rahbari: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori – 29.03.2007 y., professor – 26.03.2009 y.
Loyiha bajariladigan tashkilot: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori.
Loyihani bajarish muddati: 2017 yil 1 yanvardan – 2020 yil 31 dekabrgacha.
Loyiha muammosi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri sifatida qaraladi va bugungi kunda sotsiologiya, kriminologiya, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning doimiy tadqiqot muammosi hisoblanadi.
Mazkur masala dolzarb ijtimoiy muammo sifatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi ijtimoiy dastur ishlab chiqish va bunda huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy va sog‘liqni saqlashga doir ustuvor vazifalarni aniq belgilash hamda amalga oshirishni taqazo etadi.
Mazkur dasturni samarali amalga oshirish jinoyatchilik va huquqbuzarlikni kamaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy sog‘lom tarbiyalash hamda ularning huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etishda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida qarovsizlik, nazoratsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta tug‘ruq, ma’naviy tahdidlar va “Ommaviy madaniyat” kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar ijrosini ta’minlash uchun ilmiy, ilmiy-metodik, ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqoza etmoqda. Bu esa o‘z navbatida, voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni tizimli o‘tkazish zaruratini belgilaydi.
Loyihaning maqsadi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalariniishlab chiqish.

Loyihaning vazifalari:

  1. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalash bo‘yicha xalqaro tajribalarini o‘rganish.
  2. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning mavjud holatini o‘rganish, tahlil qilish.
  3. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablarini aniqlash.
  4. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.
  5. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va pedagogik tizimi modelini ishlab chiqish.
  6. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish.
  7. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini aprobatsiyadan o‘tkazish.
  8. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Birinchi bosqich (2017 yil.): Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalash bo‘yicha xalqaro tajribalar va respublikadagi mavjud holat o‘rganilib, tahlil qilinadi.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Natijasi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar.

Ikkinchi bosqich (2018 yil.): Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish mexanizmlari takomillashtiriladi.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va pedagogik tizimi modeli ishlab chiqiladi.
“Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni bartaraf etishning ijtimoiy-pedagogik va huquqiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Natijasi: “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni bartaraf etishning ijtimoiy-pedagogik va huquqiy asoslari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami.

Uchinchi bosqich (2019 yil.): Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari ishlab chiqiladi va aprobatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijasi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik vahuquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari bo‘yicha maqolalar, eslatmalar, bukletlar va xokazo.
To‘rtinchi bosqich (2020 yil.): Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzar-likka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Natijasi: “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari” (Monografiya).