05May/22

Jizzax pedagogika institutida «Qiyosiy pedagogikaning dolzarb muammo va echimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman

2022-yil 5-may kuni Jizzax pedagogika institutida «Qiyosiy pedagogikaning dolzarb muammo va echimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil qilindi. Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI direktori X. Ibraimov «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv xizmat ko‘rsatishga doir xorijiy tajribalar tahlili» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 453 total views

30Apr/22

2022 yil 30 aprel kuni Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, «Yoshlar markazi” binosida «Yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – taʼlim va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish poydevori” mavzusida seminar tashkil qilindi. Ushbu tadbirni universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib berdi. T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITIdan direktor p.f.d., prof. X.Ibragimov, akademik R.Djurayev hamda p.f.d., prof. M. Quronovlar katnashdilar

 458 total views

29Apr/22

«Ochiq eshiklar kuni-Festival»

2022 y. 29 aprel sanasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 45-STEM Umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda «Ochiq eshiklar kuni-Festival» o’tkazildi. Bu festivalda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari A.Maxmudov, M.Umaraliyeva, Z.Ro’ziyeva hamda doktorant R.Azizovlar ishtirok etishdi.
Tumanning 1600 nafardan ortiq bitiruvchi o’quvchilari ushbu festivalga tashrif buyurishdi, o‘zlariga kelajakda qaysi kasbni egallash yuzasidan tasavvur va yo’nalishlarni tanlab olishdi.

 627 total views

29Apr/22

«Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport tashkil qilishning istiqbollari: muommo va yechimlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2020-yil 29-aprel kuni Buxoro davlat universitetida «Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport tashkil qilishning istiqbollari: muommo va yechimlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Q.Niyoziy nomidagi O’zPFITI direktori X.Ibraimov «Pedagogikada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zarurat sifatida» mavzusidagi o’chiqishlari bilan qatnashdi

 450 total views

27Apr/22

2022 -yil 27-aprel kuni «Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish nazariyasi va metodikasi » bo’limi mudiri M.E.Inoyatova Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 229-umumta’lim maktabida ona tili – adabiyot darslarini kuzatdi. 10-sinf adabiyot darsida o’quvchilarga mahorat darsi o’tdi. Maktabda taniqli o’zbek shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirda ishtirok etib, shoir hayoti va ijodi haqida chiqish qildi.

 948 total views

25Apr/22

Respublika ilmiy-nazariy anjuman

2022-yil 25-aprel kuni Buxoro Davlat universitetida bo’lib otgan “Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmunini yayanada takomillashtirish” nomli Respublika ilmiy-nazariy anjumanida O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Pedagogik ilmiy-innovatsion tadqiqotlar mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zarurat sifatida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 469 total views